Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Kislotabardosh sement
- toza kvars qumi va natriy kremneftorid 
aralashmasini kukun holatda maydalab olinadi. Komponentlami alohida 
kukunlab so‘ng aralashtirish mumkin. U suyuq shishaning suvdagi 
eritm asiga qorilsa, b o g ‘lovchilik xususiyatiga ega b o ‘ladi. Uning 
quyuqlanishi 30 daqiqadan keyin boshlanib, oxiri 6 soatgacha davom etadi. 
10 °S yuqori haroratda qota boshlaydi. Kislota bardosh sement asosidagi 
qorishma, beton va shu kabilar mineral hamda organik kislotalarga chidamli 
bo‘ladi, ammo ishqorlar va fosfat, ftorid kislotalari ta’sirida yemiriladi, suv 
ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. U asosida qorishma, beton olinganda kislotaga 
chidamli to‘ldiruvchilar: kvars qumi, andezit, granit chaqiqtosh ishlatiladi.
5.3. Gidravlik bog‘lovchilar
5.3.1. G idravlik ohak
Gidravlik ohak tarkibida 6 -2 0 foiz giltuproq b o ‘lgan mergelli 
ohaktoshlari 900-1100°S kuydirib olinadi. Bunda CaO dan tashqari, kichik 
tartibli m inerallar-2C a0 S i0 2; CaO A120 3 va C a0 Fe20 3 hosil bo‘ladi. Bu 
minerallar ohakka gidravlilik xususiyatini, ya’ni nam va suvli sharoitda 
qotish imkonini beradi. Gidravlik ohak 7 sutka davomida havoda qotib
keyinchalik qotishini suvda davom ettiradi va mustahkamligi ortib boradi. 
Uning siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha markasi (28 sut) 2-10 MPa.
Gidravlik ohak maydalab kukun holda yoki suvda so‘ndirilib ohak 
xamiri holatida ishlatiladi. U g ‘ishtterishda va suvoqchilikda ishlatiladigan 
oddiy va murakkab qorishmalar, past markadagi betonlar tayyorlashda 
ishlatiladi. Gidravlik ohakni saqlashda va tashishda namlanishdan asrash 
kerak.
5.2.4. Suyuq shisha va kislotabardosh sement
59


5.3.2. Romansem ent
Romansement tarkibida 20 foiz va undan ortiq miqdorda giltuproq 
bo‘lgan mergelli ohaktosh va magnezitlarni 900°S haroratda kuydirib 
olinadi, hosil bo‘ladigan kichik tartibli m inerallar roman-sementga 
gidravlilik xususiyatini beradi.
Xomashyo kuydirilganda romansement tarkibida ohak erkin holatda 
2-3 foiz hosil boMadi. Uning tarkibiga 3-5 foiz gips va 10-15 foiz opoka, 
diatomit, trepel, gliyej kabi aktiv mineral qo‘shimchalar kiritilishi uning 
gidravlilik xususiyatlarini yaxshilaydi. Romansement 3 markada: 2,5; 5,0 
va 10 (MPa) ishlab chiqariladi. U qurilish qorishmalari va betonlari olishda 
ishlatiladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin