Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

24-rasm. 
DNK- replikatsiyasining asosiy bosqichlari


86
Qo‘sh spiralning qayta aylantirilishi va ikkala zanjirning bir-biri bilan
qayta bog‘lanib olmasligi uchun ma’lum masofada ushlab turilishi bir
necha maxsus oqsillar yordamida amalga oshiriladi.
Xelikaza (helix – spiral) fermenti DNKning replikativ ayri yaqinidagi
qisqa bo‘laklarini yechib beradi. Buning uchun 2 ATF gidrolizidan hosil
bo‘ladigan energiya kerak.
Har bir ajralgan zanjirga bir necha molekula DNKni bog‘lovchi oqsil
birikadi, u komplementar juftlar hosil bo‘lishi va qayta zanjirlarning
birikishiga to‘sqinlik qiladi.
Qisqa ajralish va birikishlar DNK-giraza fermenti yordamida sodir
bo‘ladi. U xelikazaga replikatsiya uchun DNKni qayta aylantirishga
yordam beradi.
RNK matritsasida DNK sintezi
Nuklein kislotalar biokimyosida onkoviruslar tarkibida RNK
matritsasida DNK molekulasini biosintezini katalizlovchi qayta
transkriptaza yoki revertaza RNKga bog‘liq DNK polimeraza fermentini
ochilishi erishilgan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Bu ferment prokariot
va eukariotlarni ko‘p hujayralari, xususan leykoz hujayralar,
proliferatsiyalanuvchi embrional to‘qimalarda topilgan. Onkoviruslar
revertazasi Zn
2+
ionlarini saqlaydi va Mn
+2 
hamda Mg
+2
kationlari bilan
faollanadi. Taxminlar bo‘yicha RNK matritsasida DNK sintez
mexanizmi 3 bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda revertaza
fermenti virus RNK matritsasida komplementar DNK zanjirini
sintezlaydi, natijada gibrid molekula shakllanadi. Ikkinchi bosqichda
gibrid molekula kompleksidagi birlamchi virus RNKsi RNKaza fermenti
ta’sirida parchalanadi. Nihoyat, uchinchi bosqichda DNK zanjiri
matritsasida komplementar yangi DNK zanjirlari sintezlanadi. DNK-
polimerazalar ham revertaza faolligiga ega, masalan: E.coli fermenti
rRNK matritsasida DNKni sintezlash xususiyatiga o‘xshash.
Qayta transkriptazani ochilishi nafaqat maliginizatsiya jarayonlarini
qonuniyatlarini ochishda ahamiyatga ega bo‘lib qolmasdan, balki barcha
tirik organizmlar haqidagi fanlar uchun ahamiyatga ega. Negaki
RNKdan DNKga biologiyani asosiy qonuniyatiga bo‘ysunmagan holda
irsiy axborotlarni o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatadi.
DNK 

RNK 

oqsil hozirgi vaqtda tirik hujayralarda genetik
axborot o‘tkazishining bu asosiy sxemasini yanada to‘liq shaklda ifoda
etishi mumkin:


87
DNK va RNK atrofidagi strelkalar tirik sistemalarda tegishli
fermentlar ishtirokida molekulalar o‘zining nusxasini hosil qilishi
mumkinligini ko‘rsatadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin