Biokimyo pmd


Råplikatsiya va hujayra sikli fazalari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Råplikatsiya va hujayra sikli fazalari
Hujayraning mitotik siklida DNK sintezi S fazasida bo‘lib o‘tadi.
G

fazasi vaqtida odam somatik hujayralari giploid, ya‘ni ikki nusha
genotipga ega bo‘ladi. S fazasi davomida DNK replikatsiyasi natijasida
shu nusxalardan har biri ikki baravar ko‘payadi va hujayra tetraploid
bo‘lib qoladi. Mitoz (M) vaqtida xromatin kondensatsiyalanib,
xromosomalar (tetraploid to‘plam) hosil bo‘lib boradi, keyingi
bo‘linishda esa diploid qiz hujayralar hosil bo‘ladi (25-rasm).
25-rasm.
 
DNK sintezi va hujayra siklining fazalari


88
RNK biosintezi (transkripsiya)
Transkripsiya - DNKdan RNKga axborot ko‘chirish usuli
Transkripsiya deb DNKda joylashgan genetik axborotni RNKga
ko‘chirish va keyinchalik RNKdan ribosomaga o‘tkazish jarayoniga
aytiladi. Transkripsiya qilinayotgan DNK bo‘lagi transkripton deb
ataladi. Transkriptonlar uzunligi 300 nukleotiddan 10
8
nukletidgacha
bo‘lishi mumkin. Transkriptonning ma’lum qismlari turli funksiyalarni
bajaradilar. Bir guruh qismlar axborotli, boshqalari axborot saqlamaydi.
Ko‘pchilik struktur genlarda, ayniqsa eukariotlarda, genetik axborot
uzlukli yozilgan. Struktur genlardagi axborot tutuvchi qismlar ekzonlar,
axborot tutmaydigan qismlar intronlar deb ataladi. Intronlar ekzonlarga
nisbatan ko‘pincha uzunroq bo‘ladi va gen ichida intronlarga nukleotid
juftliklarni ko‘p qismi to‘g‘ri keladi. Masalan: ovalalbumin genida 7
intron bo‘lib, umuman olganda 7700 juft asoslar saqlaydi, splaysingdan
keyin hosil bo‘lgan mRNK da esa faqatgina 1859 asoslar bo‘ladi. Balki,
intronlar ekzonlar uchun qo‘shimcha boshqaruvchilik vazifasini
o‘tashlari mumkin.
Transkriptonning transkripsiya boshlanadigan qismi promotor deb
ataladi. Unga transkripsiyani yengillashtiruvchi oqsillar va RNK-
polimeraza birikadi.
Transkripton
i e i e i e
Promotor akseptor zona struktur genlar terminator
Akseptor yoki boshqaruvchi zona bilan transkripsiyaga ta’sir etuvchi
turli boshqaruvchilar bog‘lanishi mumkin. Akseptor zonadan keyin
intron va ekzonlarni ketma-ketligini saqlagan struktur sistron yoki genlar
keladi.
Transkripton oxirida joylashgan nukleotidlar – terminator,
transkripsiyaning tamom bo‘lganligi haqida axborot beradi.
Transkripsiya uchun zarur:
1. Transkripsiyaga uchraydigan DNK bo‘lagi.
2. Ribonukleozidtrifosfatlar (ATF, GTF, UTF, STF).
3. DNKga bog‘liq – RNK polimeraza.
RNK sintezini quyidagi sxema bilan tasvirlasa bo‘ladi:
kATF + lUTF + mUTF + nSTF DNK,RNK-matritsa RNK +
(k+l+m+n)H
4
P
2
O
7


89
RNK polimerazaning ta’sir mexanizmi ko‘p jihatdan DNK
polimerazaning ta’sir mexanizmiga to‘g‘ri keladi. Sintez 5
1

3
1
yo‘nalishida boradi va RNK zanjiri DNK zanjiriga nisbatan qarama-
qarshi polyarlikga ega. Lekin o‘ziga xos farqlar ham bor. E. Coli RNK-
polimerazasi nativ qo‘sh spiralli DNK bo‘lganda faollik ko‘rsatadi, in
vitro tajribalarda DNK ikkala zanjiridan RNK-polimeraza nusxa oladi,
in vivo DNKni faqat bir zanjiri transkripsiyalanadi. RNK-polimeraza
nativ DNK bir zanjiri bilan ma’lum nuqtada bog‘lanadi, natijada
chegaralangan qismida bispiral struktura yechiladi va RNK sintezlanadi.
DNK-polimerazaga o‘xshab, ferment praymer bo‘lishini talab etmaydi.
Transkripsiya mexanizmi 3 bosqichdan iborat (26-rasm):
1. Initsiatsiya.
2. Elongatsiya.
3. Terminatsiya.
Initsiatsiya promotorga DNK-ga bog‘liq RNK-polimeraza birikishi
natijasida sodir bo‘ladi. Eukariotlarda uchta RNK-polimeraza - I, II, III
bor. Bu oqsillar bir necha subbirlikdan iborat bo‘lib, bir-biridan
transkripsiya spetsifikligi bilan farqlanadi.
RNK-polimeraza I 5,8; 18; 28 S rRNK genlarining transkripsiyasiga
RNK-polimeraza II – mRNK,
RNK-polimeraza III –tRNK va 5S rRNK o‘tmishdoshlarining
sinteziga javobgar.
RNK-polimeraza doimo polinukleotid zanjirni 5
1

3
1
yo‘nalishida
uzaytiradi, shuning uchun 5
1
– oxir har doim trifosfat (f-f-f), 3

oxir
erkin -OH saqlaydi. Barcha RNK zanjirlari sintezi yoki fffAdan, yoki
fffGdan boshlanadi.
Elongatsiya RNK polimerazaning qolip DNK yuzasida siljishi
natijasida vujudga keladi. Har bir keyingi nukleotid DNK qolipdagi
komplementar asos bilan bog‘lanadi. RNK-polimeraza uni uzayotgan
RNK zanjiri bilan fosfodiefir bog‘i yordamida bog‘laydi. Elongatsiya
tezligi 1 sekundda 40-50 nukleotidni tashkil etadi.
Terminatsiya RNK polimeraza DNKdagi stop-signallar hisoblangan
nukleotid ketma-ketliklariga yetgandan keyin sodir bo‘ladi.
Transkriptonda shunday stop-signallar bo‘lib poli(A) ketma-ketliklar
hisoblanadi. Maxsus terminatsiya faktori – Q faktor topilgan, u oqsil
bo‘lib transkripsiyani uzadi.
Sintezlangan RNK DNKdan ajraladi va u DNK transkriptonining
to‘liq nusxasidir. Demak, yangi sintezlangan RNKda axborot saqlovchi
va axborot saqlamaydigan qismlar mavjud. Shuning uchun birlamchi
transkript RNKning o‘tmishdoshi deb ataladi.


90

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin