Biokimyo pmd


To‘yinmagan yog‘ kislotalar sintezi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

To‘yinmagan yog‘ kislotalar sintezi
Tarkibida bitta qo‘shbog‘ tutuvchi palmitoolein va olein kislotalari
jigar va yog‘ to‘qimasi hujayralari mikrosomalarida maxsus
oksigenazalar ta’sirida kislorod ishtirokida palmitat va stearinat
kislotalaridan sintezlanadi. Ushbu reaksiyada bir molekula kislorod ikki
juft elektron uchun akseptor vazifasini o‘taydi, ularning bir jufti substrat
(atsil-KoA) hisobidan bo‘lsa, ikkinchi jufti NADFH
2
hisobiga:
C
15
H
31
-CO-S-KoA+NADFH
2
+O
2

CH
3
-(CH
2
)
5
-CH=CH-(CH
2
)
7
-CO-SKoA +NADF
Palmitil-KoA palmitooleil-KoA
+2H
2
O
Linol va linolen kislotalari odam va hayvon organizmida
sintezlanmaydi. Organizmga ular ovqat tarkibida tushadi. Boshqa ota
to‘yinmagan yog‘ kislotalari jigarda mikrosomal va mitoxondrial
fermentlar ishtirokida palmitoolein, olein, linol, linolen kislotalari
molekulasining uzayishi hamda qoshimcha qo‘shbog‘lar kiritilishi yoli
bilan sintezlanishi mumkin.
Triglitseridlar sintezlanishi
Toqimalarda triglitseridlar glitserin va yog‘ kislotalaridan
sintezlanadi. Dastlab glitserin kinaza ta’sirida glitserin ATF evaziga
fosforillanadi va glitserol-3-fosfat hosil bo‘ladi. Keyingi bosqichda
glitserol-3-fosfat ikki molekula faol yog‘ kislotasi (atsil-KoA) bilan
birikib fosfatid kislota hosil bo‘ladi. Undan fosfatidatfosfataza ta’sirida
fosfat kislota qoldig‘i ajralishi natijasida hosil bo‘lgan diglitseridga yana
bir molekula atsil-KoA birikishi natijasida triglitserid hosil bo‘ladi.
Yog‘lar biosintezining boshqarilishi
Sintezda ishtirok etuvchi atsetil-KoA karboksilazaning jigar va yog‘
to‘qimasida faolligi sitrat va izotsitrat miqdoriga bog‘liq. Sitrat va
izotsitrat ferment multikompleksini hosil qilishda ishtirok etib
polimerlanish natijasida ipsimon shaklga kiradi va faollanadi.
Hujayrada sitrat kamayishi yog‘ kislotalar sintezini pasaytiradi.
Aksincha sitrat va izotsitrat ortib ketgan bo‘lsa yog‘ sintezini
kuchaytiradi.
Izotsitratni parchalovchi ferment izotsitratdegidrogenaza o‘z
navbatida faolligi ATF miqdoriga bog‘liq. Izotsitratdegidrogenaza


248
allosterik ferment bo‘lib uning faolligi ATF miqdoriga bog‘liq. ATF
manfiy allosterik effektor bo‘lib, fermentni ingibirlaydi. Natijada sitrat
va izotsitrat miqdori ko‘payadi. Ular mitoxondriyalarni tark etib atseti-
KoA-karboksilazaga ta’sir etadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin