Biokimyo pmd


Fosfoglitseridlar biosintezi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Fosfoglitseridlar biosintezi
Muhim glitserofosfolipidlar sintezi hujayra endoplazmatik to‘rida yuz
beradi. Misol tarzida fosfatidiletanolamin biosintezini ko‘rib chiqamiz.
Bu jarayonda dastlab etanolamin etanolaminkinaza ishtirokida
fosforillanishi natijasida fosfoetanolamin hosil bo‘ladi.
Fosfaetanolamin STF bilan etanolaminfosfatsitidiltransferaza
ishtirokida reaksiyaga kirishi natijasida SDF-etanolamin hosil bo‘ladi:
Etanolaminfosfotransferaza ishtirokida SDF-etanolamin 1,2 diglitserid
bilan reaksiyaga kirishadi va fosfatidiletanolamin hosil bo‘ladi.
SDF-etanolamin +1,2 diglitserid 

fosfatidiletanolamin + SMF
Fosfatidiletanolamin fosfatidilxolin (letsitin)ning o‘tmishdoshi bo‘lib,
uning metillanishi natijasida letsitin sintezlanadi. Bu jarayonda S-
adenozilmetionin metil guruhi donori vazifasini o‘taydi, metiltransferaza
ishtirok etadi:
Fosfatidilxolin quyidagi yo‘l bilan ham sintezlanishi mumkin:
ATF ADF FFn SMF
Xolin –

fosfoxolin +STF –

SDF-xolin + 1,2 diglitserid –

fosfatidilxolin
Yog‘larning to‘planishi (semizlik)
Organizmda yog‘larning me’yoridan ko‘p to‘planishi kuzatilsa,
semizlik deb nomlanadi va bu quyidagi holatlarda kuzatiladi:
- alimentar faktor: iste’mol qilingan ovqatning kaloriyasiga nisbatan
sarflanayotgan energiya tengligi buzilgan holda. Natijada yog‘lar
to‘planib, semizlik vujudga keladi;
- gipotalamus shikastlanganda: ma’lumki yog‘lar almashinuvi
gormonal boshqaruvga ega va gipotalamus shikastlanganda ishtaha
markazi boshqarishi buzilib ochofatlik holatlari kuzatiladi, ko‘p ovqat
iste’mol qilish semirishga sabab bo‘ladi;


249
- irsiy semizlik; ma’lumki ota-ona semizlikka moyil bo‘lsa, genetik
axborotga ko‘ra farzandlari ham moyil bo‘ladi. Bu irsiy axborot
dominant xususiyatiga ega;
- me’yoridan ko‘p uglevodlar iste’mol qilish energiya manbai sifatida
asosan uglevodlar sarflanib, yog‘lar zaxirasi ortadi. Shu bilan birga
uglevodlar iste’mol qilish doimo insulin ishlab chiqarishga majbur qiladi
va bu gormon yog‘larning zaxirada to‘planishiga sababchi bo‘ladi.
Qalqonsimon bezning gipofunksiyasi: qalqonsimon bez ishlab
chiqaradigan gormonlar umumiy modda almashinuvini boshqaradi va
bu gormon miqdori kamayishi modda almashinuvining susayishiga olib
kelib zaxira moddalarning to‘planishi bilan kuzatiladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin