Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

С
6
Н
12
О

= 2С
3
Н
6
О

+ 210 kDj/mol 

 
Glyukoza Laktat 


138 
Bu energiya miqdoridan 126 kDj issiqlik tarzida sochilib ketadi, uning 84 kDj 
(maksimal) ATF ning fosfat bog‗lari tarzida yig‗iladi, ATF molekulasining 
makroergik bog‗i taxminan 33,6-42,0 kDj/molga teng. Shunday qilib, anaerob 
glikolizning foydali ish koeffitsiyenti 0,4 (84/210 kDj) ga yaqin. 
Glikolizning alohida reaksiyalari uchun erkin energiyani o‗zgarish kattaliklari 
odamlarning intakt eritrotsitlarida aniqlangan. Ko‗rsatib berilganki, glikolizning 
sakkizta reaksiyasi muvozanatga yaqin, uchtasi (geksokinaza, fosfofruktokinaza, 
piruvatkinazalar) esa erkin energiyaning ancha kamayishi orqali yuz beradi, ya‘ni 
amaliy jihatdan qaytmas reaksiya hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilganidek, glikoliz tezligini limitlaydigan reaksiya 
fosfofruktokinaza 
reaksiyasidir. 
Glikolizni 
tezligini 
limitlanishi 
va 
boshqarilishining ikkinchi bosqichi fosfofruktokinaza reaksiyasi hisoblanadi. 
Bundan tashqari, glikolizning nazorati LDG va uning izofermentlari tomonidan 
sodir bo‗ladi. To‗qimalar ( yurak, buyrak va h.k.)dagi aerob metabolizmlarda 
LDG

va LDG
2
izofermentlarini ishtiroki kuchliroq bo‗ladi. Bu izofermentlar 
hattoki piruvatning past konsentratsiyasida ham ingibirlanadi, bu esa sut kislotasini 
hosil bo‗lishiga qarshilik ko‗rsatadi va pirouzum kislotasi, aniqrog‗i, atsetil-KoAni 
uch karbon kislotalari siklida to‗liq oksidlanishiga olib keladi. Odamlarda glikoliz 
energiyasidan ancha yuqori darajada foydalanadigan to‗qimalar, masalan, skelet 
mushaklarida asosiy izofermentlar LDG

va LDG
4
hisoblanadi. LDG
5
ning faolligi 
piruvatning konsentratsiyasi
LDG
1
ni ingibirlaydigan darajada bo‗lganda maksimal 
bo‗ladi. LDG

va LDG

izofermentlarining ko‗p bo‗lishi anaerob glikolizni 
jadallashtirib, piruvatning sut kislotaga aylanishini tezlashtiradi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin