142
Uch karbon kislotalarning bir aylanish siklida sakkizta fermentativ reaksiya
natijasida bir molekula atsetil-KoA ning to‗liq ―yonishi‖ yuz beradi. Siklning
cheksiz davom etib turishi uchun tizimga doimiy ravishda atsetil-KoA ning
kirib
turishi, qaytarilgan shaklga o‗tgan koferment (NAD
+
va FAD
+
)lar esa qayta-
qaytadan oksidlanib turishi lozim. Krebs sikli va oksidlanuvchi fosforlanish yo‗li
bilan bir molekula atsetil-KoA ning oksidlanishi natijasida 12 molekul ATF hosil
bo‗ladi.
Piruvatning atsetil-KoA gacha oksidlanuvchi dekarboksillanishi natijasida bir
molekula NADH
+
(ATFning 3 molekulasi) hosil bo‗ladi. Binobarin, bir molekula
glyukozani parchalanishidan ikki molekula piruvat hisil bo‗ladi, o‗z navbatida
ularni oksidlanib ikki molekula atsetil-KoA va bundan keyin ularning uch karbon
kislotalari siklida ikki marta aylanishi natijasida 30 molekula ATF (piruvat bir
molekulasining oksidlanishi 15 molekula ATF) sintezlanadi.
Bunga yana aerob glikolizda hosil bo‗lgan 2 molekula ATF ni va
glikolizning degidrogenaza reaksiyasidagi 2 molekula glitseraldegid-3-fosfatning
oksidlanishidan hosil bo‗lgan 2 molekula NADH
2
ning mitoxondriya tashqarisida
oksidlanishi hisobiga sintezlangan 6 molekula ATFni qo‗shish lozim.
Shuni qayd etish o‗tish o‗rinliki, to‗qimalarda bir molekula glyukozani
quyidagi tenglamaga muvofiq: С
6
Н
12
О
6
+ 6О
2
→ 6CO
2
+ 6H
2
O oksidlanishidan
jami 38 molekula ATF sintezlanadi. Energetik nuqtayi nazardan glyukozaning
to‗lik parchalanishi, anaerob glikolizdan ancha samaralidir.
Dostları ilə paylaş: