Biokimyo va molekulyar biologiya


→ 5 glyukoza-6-fosfat +6 CO



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 → 5 glyukoza-6-fosfat +6 CO
2
 + 
+ 12 NADFH + 12 H
 +
 + H
3
PO
4
 


146 
Reaksiyaning umumiy qiymatlari bo‗yicha qisqartirilganda quyidagicha 
bo‗ladi: 
Glyukoza-6-fosfat + 7 H
2
O + 12 NADF
 +
 → 6 CO
 2
 + 12 NADFH+ 12 H
 +
 + 
H
3
PO
4

Hosil bo‗lgan NADFH

sitozolda qaytariluvchi sintetik jarayonlarda 
foydalaniladi va, odatda, mitoxondriyalarda yuz beradigan oksidlanuvchi 
fosforlanishda ishtirok etmaydi. 
 
 
 7.5.7. Mikroorganizmlar ishtirokida karbonsuvlarni achishi
Karbonsuvlarning 
hayvonlar 
organizmi 
to‗qimalarida, 
o‗simliklar 
to‗qimalarida va mikroorganizmlardagi biokimyoviy almashinuv yo‗llari juda 
o‗xshash. Lekin mikroorganizmlarning karbonsuvlardan foydalanishiga oid ba‘zi 
xususiyatlari, katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi nuqtayi nazardan masalani 
mukammalroq o‗rganishni talab qiladi. Havo kislorodi mavjudligida ko‗p 
mikroorganizmlar nafas olish jarayonida karbonsuvlarni o‗zlashtiradi. Bu holatda 
glyukozani karbonat angidrid va suvgacha parchalanishi yuqorida mukammal 
ravishda ko‗rib chiqilgan yo‗l asosida amalga oshadi. Turli mikroorganizmlar 
tomonidan glyukozani anaerob sharoitda parchalanish jarayonlari katta qiziqish 
uyg‗otadi. Bu xil tadqiqotlarning natijalari qimmatli ovqat mahsulotlarini olish 
imkonini beradi. Bu jarayonlar ―achish‖ nomi bilan ma‘lum. Glyukozaning spirtli 
achish mexanizmlari I.M.Manasseyin, E.Byuxner, A.N.Lebedev va boshqa 
mualliflarning ishlarida yoritilgan. Achitqi hujayralari fermentlari ta‘sirida 
glyukoza yoki glikogenning yuqorida keltirilganidek, pirouzum kislotasigacha 
parchalanishi sodir bo‗ladi. Pirouzum kislota keyin dekarboksillanib sirka 
aldegidiga aylanib, u etil spirtigacha qaytariladi:
Shunday qilib, spirtli achishning so‗nggi mahsuloti CO
2
va etil spirti 
hisoblanadi. 
Sutni achitish bakteriyalari karbonsuvlarni sut kislota, moy kislota va h.k. 
kislotalarga aylantiradi. Achish jarayoni mexanizmini o‗rganishda L.Paster 
kislorodning mo‗lligi sharoitida glikoliz jarayoni tormozlanishiga e‘tiborni qaratdi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin