Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Pirouzum kislota
 
Sirka kislota
 
Etil spirti
 


147 
Bu daliliy holat 
Paster samarasi 
deb yuritiladi. Keyinchalik, hayvon va o‗simlik 
to‗qimalarida ham
Paster samarasi
kuzatildi, bunda ma‘lum bo‗ldiki, kislorod 
anaerob glikolizni tormozlar ekan. Paster samarasining ahamiyati, ya‘ni kislorod 
mavjudligida anaerob glikolizdan yoki achishdan nafas olishga o‗tish hujayrani 
energiya olishning ancha samarali va tejamli yo‗li tomon safarbar qilinishini 
bildiradi. Natijada substratni sarflash tezligi, masalan, glyukozani sarfi kislorod 
ishtirokida bo‗lganda pasayadi. Odam va hayvonlardagi Paster samarasining 
molekulyar mexanizmi aftidan ATF sintezi uchun kerak bo‗lgan ADF uchun nafas 
olish va glikoliz (achish) jarayonlari o‗rtasidagi raqobatga bog‗liq. Ma‘lumki, 
aerob sharoitlarda anaerob sharoitga nisbatan fosfat kislota va ADF ni ajratib 
chiqarilishi, ATF generatsiyasi, shuningdek, qaytarilgan NADH

ni oksidlanib 
NAD
+
ga regeneratsiyalanishi ancha samarali bo‗lib o‗tadi. Boshqacha qilib 
aytganda, kislorod ishtirokida fosfat kislota va ADF ning ko‗payishi, unga mos 
tarzda ATF ning ko‗payishi anaerob glikolizni susayishiga olib keladi. Odatda, 
achishda achish mahsulotiga maxsus shirinlik va xushbo‗y hid beradigan 
qo‗shimcha mahsulotlar hosil bo‗ladi. Masalan, uzum shirasini achishidan etil 
spirti hosil bo‗lishi bilan birga kam miqdorda har xil aldegidlar, efirlar va boshqa 
moddalar ham hosil bo‗ladi, ular vinoni o‗ziga xos xushbo‗y hidi ‒ ―buket‖ini 
belgilaydi. Spirtli achishda yuqori molekulali spirtlar: butil, amil va boshqalar hosil 
bo‗ladi, ular tozalanmagan spirtga noxush ta‘m va hid berishi tufayli sanoatda 
―sivush moyi‖ deb yuritiladi. Achish jarayonidan xalq xo‗jaligida keng foylaniladi. 
Masalan, vino va spirt-aroq ishlab chiqarishi alkogol achish bilan sut sanoati, 
sabzavotlarni tuzlash, silos tayyorlash sutli achish bilan, pishloq tayyorlash va 
qator boshqa sanoatlar yog‗li achish bilan bog‗liq. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin