Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

glukozuriya 
paydo bo‗ladi.
 
Shunday qilib, karbonsuvlar 
almashinuvini baholashda qon va siydik tahlili natijalaridan foydalaniladi.
 
7.5.9. Karbonsuvlar almashinuvining izdan chiqishi
Yuqorida qayd etilganidek, shakarning qon tarkibidagi ko‗rsatkichi ishonarli 
darajada doimiy qiymatga ega bo‗ladi. Shakarning qondagi miqdori yangi 
tug‗ilgan chaqaloqlarda – 20-30 mg %, yosh bolalarda – 80-120 mg %, voyaga 
yetganlarda – 70-100 mg %, keksalarda – 85-110 mg % bo‗ladi. Har qanday tirik 
organizmda karbonsuvlar almashinuvi, almashinuv reaksiyalarida ishtirok etuvchi 
fermentlar faolligiga ta‘sir etuvchi omillar ishtirokida boshqariladi. Bu omillar 
jumlasiga: 
substratlar 
konsentratsiyasi, 
alohida 
reaksiya 
mahsulotlari 
(metabolitlari)ning miqdori, kislorod rejimi, harorat, biologik membranalarning 
o‗tkazuvchanligi, kofermentlarning konsentratsiya va h.k.lar kiradi. Qondagi 


149 
glyukoza miqdorining o‗zgarishi karbonsuvlar almashinuvining izdan chiqishi 
darajasini tavsiflaydi. Bu holatlar jumlasiga, avvalo, giper- va gipoglikemiyalarni 
kiritish mumkin. 
Giperglikemiya 
bu ‒ organizmning shunday holatiki, u qondagi shakar 
miqdorining oshib ketishi bilan tavsiflanadi. Giperglikemiya glyukozaning qonga 
oshiqcha miqdorda kirishi yoki uni organizm hujayralari tomonidan kam miqdorda 
foydalanilishi tufayli kelib chiqadi. Giperglikemiyaning kelib chiqishiga fiziologik 
(karbonsuvlarni ortiqcha miqdorda iste‘mol qilish, har xil ruhiy va h.k.) holatlar 
ham, patologik omillar (shakarli diabet, surunkali infeksion kasalliklar, miya 
shishi, ruhiy kasalliklar) ham sabab bo‗lishi mumkin. Bunda shakarning qondagi 
miqdori 3-5 marta oshib ketishi va juda katta ko‗rsatkichlar- (300-400 mg % va 
undan ziyod)ga yetishi mumkin. Uning kelib chiqishi fiziologik tavsifli bo‗lganda 
qisqa vaqtli bo‗ladi va 2-3 soatdan keyin shakarning qondagi konsentratsiyasi 
me‘yoriy ko‗rsatkichgacha pasayadi. Ko‗pincha giperglikemiyalar glukozuriyaga 
aylanadi, bunda siydik tarkibida glyukoza paydo bo‗ladi. Bu qonda glyukoza 
miqdorini 160-180 mg % dan oshganda kuzatiladi. Shu ko‗rsatkich buyrakning 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin