Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


153 
8. MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI. BIOENERGETIKA 
8.1. Moddalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, biologiyaning zamonaviy rivojlanishida moddalar 
almashinuvini o‗rganish markaziy o‗rinni egallaydi. Umumiy tarzda ―moddalar 
almashinuvi‖ deganda tirik organizmlarda yuz beradigan ko‗pdan-ko‗p kimyoviy 
o‗zgarishlarni har tomonlama tushuntirib berish tushuniladi. Organizmga kirgan 
oziq-ovqat mahsuloti murakkab kimyoviy o‗zgarishlarga duch keladi. Tirik 
organizmlarda sodir bo‗ladigan moddalar almashinuvi doimiy ravishda bir-biri 
bilan uzviy bog‗liq va qarama-qarshi bo‗lgan ikki xil jarayon: assimilyatsiya 
(anabolizm) va dissimilyatsiya (katabolizm)lardan tashkil topgan. 
Assimilyatsiya 
‒ organizmga tashqi muhitdan kirib kelayotgan 
mahsulotlardan foydalanish va ularni qayta ishlash demakdir. Tirik mavjudotlarda 
yuz beradigan hayotiy jarayonlarining me‘yor chegarasida kechishi uchun kislorod, 
suv, oqsil, karbonsudlar, yog‗lar, minerallar va boshqa birikmalarni doimiy 
ravishda yetkazilib turilishi lozim. Organizm bu moddalarni o‗zlashtirish shakliga 
keltiradi va keyin ulardan o‗z tanasining tarkibiy qismlarini tiklash va yangilash 
uchun foydalanadi.
Dissimilyatsiya 
assimilyatsiyaning qarama-qarshi tomoni hisoblanadi. U 
organizmning tarkibiy qismlari birikmalarini oddiyroq moddalarga parchalanishi 
va keyinchalik parchalanish mahsulotlarini hayotiy jarayonlarning so‗nggi 
mahsulotlari 
sifatida 
atrof-muhitga 
chiqarilishidan 
iborat. 
Moddalar 
almashinuvining asosida ko‗pdan-ko‗p kimyoviy reaksiyalar yotadi, ular uzviy 
ketma-ketlikda sodir bo‗ladi va bir-biri bilan chambarchas bog‗liqdir. 
Bu reaksiyalar fermentlar tomonidan katalizlanadi va u organizmning barcha 
hayotiy jarayonlarini boshqarishini amalga oshiradigan markaziy asab tizimi 
tomonidan nazorat qilinadi. Moddalar almashinuvini shartli ravishda organizmga 
ozuqa moddalarni qabul qilish va oxirgi parchalanish mahsulotlarini ajratib 
chiqarilishiga oid 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin