Biokimyo va molekulyar biologiya


ostonaviy shakar chegarasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

ostonaviy shakar chegarasi
deb nomlanadi. Buyraklarda doimiy ravishda 
qonning filtrlanish jarayoni sodir bo‗ladi, buning natijasida barcha toksik tavsifli 
moddalar siydik orqali organizmdan chiqarilib turiladi. Bir vaqtning o‗zida boshqa 
moddalar buyrak tomonidan readsobrsiyalanadi, ya‘ni qaytadan qonga o‗tadi. Shu 
xildagi moddalar jumlasiga glyukoza ham kiradi. Lekin buyrak kanalchalari 
tomonidan glyukozaning qayta qonga so‗rish qobiliyati cheklangan. Eksperimental 
yo‗l bilan isbotlanganki, buyraklar hamma shakarni qonga qayta readsobrsiyalash 
qobiliyati bo‗yicha uning qondagi miqdori 160 mg % dan ziyod bo‗lmasligi kerak.
Glyukoza konsentratsiyasi 160-180 mg % oshsa, buyraklar bunday ko‗p 
miqdordagi shakarni so‗rishning uddasidan chiqmay qoladi va u siydikda paydo 
bo‗ladi. 
Gipoglikemiya 
voyaga yetgan odamlar qonining tarkibidagi shakarning 
miqdori 50 mg % va undan kam bo‗lishi bilan tavsiflanadi. Gipoglikemiya 
insulinning ortiqcha sintezlanishi yoki insulinga antagonist bo‗lgan gormonlarning 
ishlab chiqarilishini tegishli tarzda pasayishi natijasida yuzaga keladi. Bunda 
glikogenning sintezlanishi kuchayadi.
Karbonsuv almashinuvining izdan chiqishi 
qandli diabet
hisoblanadi. Ushbu 
kasallik irsiy patologiya hisoblanib, klinik belgilari simptomlar uchligi: 
giperglikemiya, glukozuriya va ketonemiyali ketonuriya bilan birgalikdagi 
ko‗rinishda namoyon bo‗ladi. Qandli diabetning asosiy sababi insulin ishlab 
chiqarilishini pasayishi hisoblanadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, insulin glyukoza 
almashinuvida muhim rol o‗ynaydi, u glyukozaning fosforillanishini va tana 


150 
hujayralariga o‗tishini ta‘minlab, oksidlanish asosida hujayralarni hayoti uchun 
zarur bo‗lgan energiyani ajratadi. 
Shuning uchun insulin yetishmaganda bu jarayon susayadi, bu esa bir 
tomondan qonda glyukozaning konsentratsiyasini oshishiga (giperglikemiya va 
glukozuriyaning rivojlanishiga) olib kelsa, boshqa tomondan hujayralar energiya 
tanqisliga duch keladi. 
Organizm bu tanqislikni glukoneogenez jarayonlarini faollashtirish (yog‗lar 
va oqsillarning parchalanishini oshirish va ularni uglevodlarga aylantirish) orqali 
bartaraf etadi. Bunda yog‗larning parchalanishini so‗nggi mahsulotlaridan biri – 
Krebs sikliga kiradigan atsetil-KoA ko‗p miqdorda yig‗iladi, u oksidlanib, tana 
hujayralari uchun kerak bo‗lgan energiyani ajratadi.
Qandli diabetda bu jarayon ham cheklangan bo‗ladi, chunki bir vaqtning 
o‗zida yog‗ning oksidlanishi bilan birga oqsil va aminokislotalarning parchalanish 
jarayonlari ham faollashadi. Bu xil parchalanish mahsulotlarini parchalanish 
natijasida organizm uchun o‗ta toksik ammiak ajraladi. Organizmda uning 
zararsizlantirilishi turli yo‗llar bilan yuz beradi, xususan α-ketoglutar kislota bilan 
ta‘sirlanish asosida konsentratsiya pasayadi. Bu kislota Krebs siklining asosiy 
tarkibiy qismlaridan biri bo‗lgani va bunga mos holda ammiakni neytrallashda 
sarflanganligi sababli Krebs sikli faolligini pasayishiga olib keladi. Lekin bu 
kislota yog‗lar va aminokislotalarning jadal parchalanishi tufayli hosil bo‗ladigan 
ko‗p miqdordagi atsetil-KoA ni oksidlay olmaydi. Ortiqcha miqdordagi atsetil-
KoA jigarga kirib, undan atseton yoki keton tanachalari sintezlanadi. 
Keton tanachalari qonga o‗tadi, natijada ularning miqdori ancha oshib ketadi: 
agar qondagi atseton tanachalarini me‘yoriy darajasi 1 mg % atrofida bo‗lib, 
siydik bilan bir kecha-kunduzda 40 mg % gacha ajralsa, qandli diabetda qondagi
miqdori 100 mg % gacha oshib ketadi ‒ atsetonemiya (ketonemiya), siydik bilan 
esa 50 g gacha ajralib chiqadi ‒ atsetonuriya (ketonuriya). Qon tarkibida atseton 
tanachalari kabi nordon birikmalarning ko‗payishi qonning pH ni nordonlashtiradi. 
Bunda atseton tanachalari faqat siydik orqaligina ajratilmasdan, balki o‗pka orqali 
(nafas olganda) va teri orqali (terlaganda) ham ajraladi va bunda bemordan 
atsetonning hidi kelib turadi.
Karbonsuvlarning almashinuvini izdan chiqish holatlari jumlasiga bu 
almashinuv jarayonlarida ishtirok etuvchi fermentlar faol bo‗lmasligi yoki 
faollikning past bo‗lishi bilan tavsiflanadigan ba‘zi irsiy kasalliklar ham kiradi. Bu 
xil kasalliklar jumlasiga galaktozemiya, glikogenozlar, laktoza, saxaroza va 
h.k.larning hazm bo‗lmasligi bilan bog‗liq kasalliklar kiradi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin