Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
7.5.8. Karbonsuvlar almashinuvining boshqarilishi 
Odam va hayvonlarda karbonsuvlar almashinuvining barcha bosqichlaridagi 
sintetik va parchalanish jarayonlarni markaziy asab tizim (MAT) va gormonlar 
tomonidan boshqariladi. To‗qimalar doimiy ravishda qondan kirib kelgan 
glyukozani qabul qilib turishiga qaramay, sog‗lom hayvon organizmining qonidagi 
glyukozaning miqdori nisbatan doimiy ko‗rsatkichda bo‗ladi. Sog‗lom odam 
qonidagi glyukozaning miqdori 0,08-0,11 % atrofida bo‗ladi. Kavshovchi 
hayvonlarda bu ko‗rsatkich birmuncha kam ‒ 0,04-0,08 % atrofida bo‗ladi. 
Glyukozaning to‗qimalar tomonidan o‗zlashtirilishi qancha jadal bo‗lsa, 
glikogenning jigardagi parchalanishi shuncha kuchli bo‗ladi va qondagi kamaygan 
glyukoza o‗rni doimo to‗ldirib turiladi. Karbonsuv almashinuvining borishi va 
qondagi miqdorini doimiyligi gipofiz, oshqozonosti bezi va buyrak usti bezlari 
gormonlari tizimi orqali boshqariladi. Karbonsuvlar almashinuvini boshqarilishida 
MAT muhim ahamiyatga ega. Tashqi omillar (ruhiy holatlar: qo‗rquv hissi, 


148 
qo‗rqish, quvonish va boshqalar) va boshqarish mexanizmlarini markaziy asab 
tizimida aks ettiradigan ichki qo‗zg‗alanishlar karbonsuvlar almashinuviga ta‘sir 
etadi.
Karbonsuv almashinuvini namoysh qilishda mumtoz misol sifatida K.Bernar 
tomonidan amalga oshirilgan shakar markazini qo‗zg‗atuvchi ―shakar ukoli‖ni 
keltirib o‗tish mumkin. Miyani bu qismini qo‗zg‗alantirish birdaniga qon 
tarkibidagi shakar miqdorini oshishiga sababchi bo‗ladi. Organizmda bunday 
qo‗zg‗atuvchi ta‘sir qon tarkibidagi shakarning kamayib ketishi (gipoglikemiya)da 
namoyon bo‗ladi. Bu holatda nerv tizimi impulslari buyrakusti beziga yo‗naltiriladi 
va uning miya qismida 
adrenalin
ning
 
ajralishini stimullaydi.
 
Adrenalin fosforilaza 
fermentini faollaydi, u o‗z navbatida glikogenni parchalanishini katalizlaydi. 
Buning natijasida glyukozaning qondagi miqdori me‘yor darajasigacha oshadi, u 
esa qo‗zg‗alanish ta‘sirini yo‗qolishiga olib keladi. Karbonsuv almashinuvini 
boshqariluvi adrenalindan tashqari qator gormonlar tomonidan ham amalga 
oshiriladi. Gipofizning oldingi qismi geksokinaza faolligiga bo‗g‗uvchi ta‘sir 
ko‗rsatish 
orqali 
glyukozaning 
oksidlanuvchi 
parchalanishini 
(uning 
fosforilanishini) dastlabki bosqichida tormozlaydi. Oshqozonosti bezi gormoni-
insulinning qon tarkibidagi glyukoza miqdorini kamaytirishi organizm 
hujayralarining glyukozadan foydalanishda mas‘ul bo‗lgan fermentlar faolligini 
oshirish orqali sodir bo‗ladi. Tiroksin organizmda umumiy almashinuvni 
jadallashtiradi va glyukozani oksidlanish jarayonini kuchaytiradi. Shuningdek, 
glyukozani qondagi miqdorini boshqaradigan fiziologik mexanizmlar ham bor. 
Glyukozaning qondagi konsentratsiyasi me‘yoriy chegarada bo‗lganda, u buyrak 
kapellarlaridan o‗tmaydi, shu sababli sog‗lom holatda siydik tarkibida glyukoza 
bo‗lmaydi. Agar qondagi glyukozaning miqdori 0,17-0,18 %dan ziyod bo‗lsa 
(buyrakning ―ostonaviy shakar chegarasi‖), glyukoza organizmdan siydik orqali 
chiqa boshlaydi ‒ 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin