Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
8.3. Makroenergik birikmalar 
Moddalarning biologik energiya almashinuvi reaksiyalari jonsiz tabiatda sodir 
bo‗ladigan reaksiyalardan farqi uchta asosiy tamoyilga muvofiq asoslanadi. 
Birinchidan, 
biologik tizimlarda
 
energiya almashinuvining ancha muhim 
jihati kimyoviy reaksiyalar energiyasini, uning
oldindan
issiqlik energiyasiga 
aylanmasdan ma‘lum
ishning yoki boshqa shakldagi energiya turiga aylanishi.
 


156 
Shunga bog‗liq holda tirik mavjudotlarda energiyadan foydalanish samaradorligi 
ancha yuqori (50 % dan ziyod) bo‗ladi.
 
Ikkinchi 
o‗ziga xos xususiyat shundaki, oksidlanish jarayonlarida 
energiyaning ajralib chiqish jarayoni 
asta-sekin
sodir bo‗ladi. Masalan, 1 mol 
shakarning oksidlanishidan 686 kkal (2881.2 kDj) energiya ajralib chiqadi. Agar 
bu energiya birdaniga ajralganda edi, unda portlash sodir bo‗lardi. 
Uchinchi
xususiyat shundan iboratki, karbonsuvlar, yog‗lar va boshqa 
birikmalarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan potensial kimyoviy 
energiya, bu o‗ziga xos bo‗lgan energiyaning biologik akkumulyatorlari 
hisoblanadi.
Yuqori energetik birikmalar jumlasiga ATF va unga o‗xshash boshqa 
oksidlanish jarayonlari ishtirokisiz guruhlarni ko‗chirish bilan bog‗liq fermentativ 
reaksiyalar asosida ATF hosil qiluvchi boshqa birikmalar kiradi. Gidrolizlaganda 
bu birikmalarning molekulasidan ko‗p miqdorda erkin energiya ajraladi.
Reaksiyalar erkin energiya ko‗rsatkichlarini o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatadigan 
turli sharoitlarda sodir bo‗ladi. Shuning uchun biokimyoda 
erkin energiyani 
o‗zgarish andozasi
sifatida – ΔG° deb nomlangan atamadan foydalaniladi. Erkin 
energiyani o‗zgarish andozasi bosim1 F, substratning dastlabki konsentratsiyasi – 
1 M, harorat 25°C bo‗lgan ko‗rsatkich tushiniladi. Odatda,
 
erkin energiyani 
o‗zgarish andozasi – ΔG°ning qiymati F 7,0 ga tengligida belgilanadi. 
ΔG°ning qiymati metabolik jarayonlarning, shuningdek, alohida olingan 
kimyoviy reaksiyalarning miqdoriy ko‗rsatkichlarini termodinamikadagi kabi 
tavsiflashda qo‗llaniladi, bunda ―minus‖ (‒) belgisi bilan energiyaning 
chiqarilishini, ―plus‖ (+) belgisi bilan esa uning qabul qilinishini bildiradi. 
Agar bu reaksiyaning ΔG° qiymati manfiy ko‗rsatkichga ega bo‗lsa, unda 
reaksiya energiya ajralishi orqali o‗z-o‗zidan yuz berib – 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin