Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

nafas olishning peroksid 
nazariyasi
deb nomlandi. Lekin, turli xil nafas olish substratlarining asosiy 
oksidlanish yo‗lini haqiqiy mexanizmi boshqacha bo‗lar ekan. V.I.Palladin 
glyukozani oksilanishi misolida biologik oksidlanish mexanizmining asosiy 
qoidalarini tushuntirib berdi: 


155 
Anaerob bosqich: 
Aerob bosqich: 
Bu ikki tenglamani yig‗indisidan kelib chiqadi: 
Bu yerda: R- vodorodni oraliq tashuvchilari (V.I.Palladin bo‗yicha pigmentlar 
yoki xromogenlar). 
Yuqorida keltirilgan tenglamalarga asoslanib, quyidagilarni bayon qilish 
mumkin:
1. Karbonat angidrid hosil bo‗lishi bilan boradigan to‗qimani nafas olishini 
birinchi bosqichi, kislorod ishtirokini talab qilmaydi va anaerob sharoitda amalga 
oshadi. Karbonat angidrid tarkibidagi kislorod – bu suv yoki substrat tarkibidagi 
kislorod hisoblanadi. 
2. Nafas olishning dastlabki anaerob bosqichida kislorodni faollashtiradigan 
birikmalar emas, balki oksidlanuvchi substratlardan vodorodni ajralishini 
katalizlovchi maxsus degidrogenazalar muhim rol o‗ynaydi. 
3. Degidrogenazalar ishtirokida oksidlanuvchi substratlardan vodorodni 
ajratib oladigan birlamchi akseptor V.I.Palladin tomonidan xromogenlar deb 
nomlangan maxsus termolyabil moddalar hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda ularning xromogenlar emas, balki kofermentlar (NAD, NADF, 
FMN yoki FAD) ekanligi aniqlandi, ular to‗g‗risidagi mulohazalar quyida 
yuritiladi. Bu kofermentlar qaytarilgan va oksidlangan (degidrogenlangan) 
shakllarda bo‗lishi mumkin, ya‘ni ular vodorodni oraliq tashuvchilari rolini 
o‗ynaydi. 
4. To‗qimani nafas olishida yutilgan havo kislorodi vodorodning oxirgi 
akseptori rolini o‗ynaydi. 
Shunga ko‗ra, agar oraliq akseptorning qaytarilgan shakli havo kislorodi bilan 
ta‘sirlansa, unda suv hosil bo‗ladi va bu holatda (ya‘ni aerob sharoitda) gap 
biologik oksidlanish haqida ketadi. Agar vodorodning oxirgi akseptori sifatida u 
yoki bu xil oraliq mahsulot (metabolit) ishtirok etsa, unda bu anaerob (glikoliz 
yoki achish) jarayoni hisoblanadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin