Biokimyo va molekulyar biologiya


 Organizmning energiya balansi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

8.5. Organizmning energiya balansi 
Qabul qilingan oziq-ovqat mahsuloti hayotiy faoliyat davrida sarflanadigan 
barcha moddalarni o‗rnini qoplashi, o‗suvchi organizmning shakllanishi uchun 
asos bo‗luvchi material va unga kerakli energiyani yetkazib turishi lozim.
Organizm to‗liq tinch holatda bo‗lsa ham, u energiyani barcha to‗qimalarda 
doimiy ravishda sodir bo‗ladigan almashinuv jarayonlariga, nafas olishga, yurak va 
boshqa ichki organlarning ishlab turishiga sarflaydi. To‗liq ravishda tinch holatda 
bo‗lganda voyaga yetgan odam kuniga, taxminan 1800 kaloriya energiya sarflaydi.
Energiya balansi
iste‘mol qilingan ozuqa moddalar va organizmni tark 
etayotgan so‗nggi mahsulotlarning kaloriya hisobidagi ko‗rsatkichini aniqlashga 
asoslangan. Bu ma‘lumotlarni aniqlash uchun ovqat mahsulotlarini energiya 
ko‗rsatkichi va organizmdan issiqlik hamda mexanik ish tarzida ajralib chiqadigan 
energiya ko‗rsatkichlarini qayd etish lozim bo‗ladi. Qayd qilingan ko‗rsatkichlar 
orasidagi farq, bu organizmning hayotiy faoliyati uchun kerakli barcha kimyoviy 
reaksiyalarining borishini ta‘minlovchi energiyadir. Sog‗lom odamlarning samarali 
ovqatlanish asoslarini ishlab chiqish bilan ovqatlanish gigiyenasi, bemorlarning 
ovqatlanishi bo‗yicha esa dietologiya shug‗ullanadi. Voyaga yetgan odam uchun 
o‗rtacha charchashga oid faoliyat bilan shug‗ullanuvchilar uchun kunlik ratsion 
3000 kkal (1 kkal = 4.19 kDj) ni tashkil qilishi lozim. Energiya sarfini oshishi, 
oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talabni ham oshiradi. Muvozanatlangan 
samarali ovqatlanish tushunchasi mavjud, unga ko‗ra oqsillar, yog‗lar, 
karbonsuvlarning - 1: 1: 4 nisbatda bo‗lishi evaziga organizmning energiyaga 
bo‗lgan kunlik talabi qondiriladi. Oqsillar energiyaga bo‗lgan ehtiyojning 15 
foizini, yog‗lar 30 foizini va karbonsuvlar-55 ta‘minlaydi, bunda oqsillarning 
yarmidan kam bo‗lmagan qismi hayvon oqsillari bo‗lishi, yog‗larning 75-80 foizi 
hayvon yog‗lari, 20-25 foizi o‗simlik moylari tashkil qilishi kerak. 
Oziqlanish to‗la qimmatli bo‗lishi uchun ratsion tarkibiga go‗sht, baliq, sut 
mahsulotlari (oqsil va lipidlarning asosiy manbalari), shuningdek, sabzavotlar, 
mevalar (karbonsuvlar manbalari), minerallar va vitaminlar kiritilishi kerak. 
Shuning uchun tirik organizmdan ajraladigan energiyani kaloriya tarzida baholash 
shartli bo‗lib, u faqat har xil energiya turlarining ekvivalentligini hisobga olgan 
holda amalga oshiriladi. Kalorimetrik uslublar yordamida aniqlash shuni 
ko‗rsatdiki, 1 g karbonsuv yonganda 4,1 kkal (yoki 4,1x4,19=17,18 kDj), yog‗ -9,4 
kkal ( yoki 9,4x4,19=39,39 kDj), oqsil -5,6 kkal (yoki 5,6x4,19=23,46 kDj) 
energiya hosil bo‗ladi. 
Organizmning energiyaga bo‗lgan ehtiyoji tajriba yo‗li bilan aniqlanadi va 
kaloriya bilan ifodalanadi. Odamlarning energiyaga bo‗lgan ehtiyoji nisbiy 
ravishda aniqlangan. Ta‘kidlash joizki, u mehnat faoliyatiga, jinsga, yoshga va 
h.k.ga bog‗liq holda farqlanadi.


164 
Odamning energiyaga bo‗lgan ehtiyoji kunlik ovqatlanish ratsioniga kirgan 
oziq-ovqat mahsulotlarining energiya qiymati bilan to‗liq qoplanishi kerak (15-
jadval). 
15-jadval. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin