Biokimyo va molekulyar biologiya


Siklik nukleotidlarning boshqaruv funksiyasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Siklik nukleotidlarning boshqaruv funksiyasi 
tegishli proteinkinazalarning 
faollashuvi orqali amalga oshadi.
 
Siklik sAMF va sGMF larni hujayraviy 
metabolizm jarayonini mustaqil ravishda boshqaruv funksiyasini ta‘minlovchi 
sifatida qaraladi, lekin ular o‗rtasida ko‗p holatlarda antagonistik va sinergetik 
munasabatlar mavjud bo‗ladi: sAMF (adrenalin kabi) yurak qisqarishini 
stimullaydi, sGMF esa uni tormozlaydi (atsetilxolin kabi), sAMF silliq mushaklar
qisqarishini (ichak, bachadon, tomirlar) bo‗g‗adi, sGMF esa uni faollaydi; sAMF 
hujayralar proliferatsiyasini tormozlaydi, sGMF esa uni stimullaydi; sGMF 
atsetilxolin kabi postganglionar neyronlarni qutbsizlantiradi, sAMF esa ularni
giperqutblanishini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari sAMF lipolizni, glikogenni fosforolizni faollashtiradi, 
insulin, prostanglandinlar, kalsitonin me‘dada xlorid kislota sekretsiyasini 
stimullaydi, oqsillar sinteziga ta‘sir etadi, hujayralarning o‗sishini va 
eritrotsitlarning agregatsiyasini ingibirlaydi.
Ish bajarayotgan mushakning bevosita energiya manbayi ATF bo‗lganiga 
qaramay, uning mushakdagi miqdori uncha ko‗p bo‗lmaydi. Sutemizuvchilarning 
mushagidagi makroergik birikma tarzidagi zaxira kreatinfosfat bo‗lsa, 
umurtqasizlarda ‒ argininfosfat hisoblanadi. Bu birikmalarning makroergik 
bog‗lari evaziga ADFdan ATF hosil bo‗ladi: 
 Kreatinfosfat 
 
 
 
Argininfosfat 
Tarkibida fosforli hosilalar tutuvchi makroergik birikmalardan tashqari, tioefir 
birikmalar mavjud bo‗lib, sirka kislotasini atsillash kofermenti (koferment A yoki 
KoA-SH) ta‘sirida faollanishi jarayonida hosil bo‗ladi. Koferment A ATF kabi 
juda keng tarqalgan birikma, u barcha yuksak va tuban organizmlarda uchraydi va 
adenozin, tioetanolamin, fosfat va pantoten kislotalardan tashkil topgan. KoA 
organizmning eng muhim atsetillovchi moddasi hisoblanadi, uning ishtirokida 
organizmda hosil bo‗lgan sirka kislotasining faollashuvi bilan birga yog‗ kislotalari 
va boshqa qator moddalarning biosintezi amalga oshiriladi. 


163 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin