Biokimyo va molekulyar biologiya


substrat  (yoki membranasiz) fosforilanish



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

substrat 
(yoki membranasiz)
fosforilanish
tipidir. 
Bunda ATF ning hosil bo‗lishi substratning oksidlanishidan hosil bo‗lgan 
fosforilni ADF ga faol ko‗chirilishi orqali yuz beradi. Glikoliz va achish jarayonida 
ATF ning hosil bo‗lishi bunga yaqqol misol bo‗la oladi.
Ikkinchi tip fosforlanish reaksiyasi membranalar ishtirokida bo‗lib o‗tadi, u 
membranali fosforilanish 
deyiladi. Bu tipda ATF ning hosil bo‗lishi 
membranadagi vodorod ionining elektrokimyoviy potensiali energiyasini 
anorganik fosfat orqali ADF ni fosforlantirish asosida amalga oshadi. Bunga 
yaqqol misol fotosintez yoki nafas olish jarayonida ATF ning hosil bo‗lishidir. 
Membranali 
fosforillanish 
mitoxondriyaning 
ichki 
membranasida, 
xloroplastlarning tirakoid membranalarida, fotosintezlovchi bakteriyalarning 
xromatoforalarida, bakteriyalarning sitoplazmatik membranasida uchraydi. Bu 
membranalarni 
tutashgan membranalar 
deyiladi, chunki ular elektronlarni 
ko‗chirilishini fosforlanish yo‗li bilan amalga oshirishda ishtirok etuvchi
 


160 
fermentlar
bilan bog‗langan. Moddalar almashinuvi u bilan birgalikda bo‗lib 
o‗tadigan energiya almashinuvisiz sodir bo‗lmaydi. Tirik materiya tarkibidagi har 
qanday organik birikma, ma‘lum miqdordagi energiya zaxirasiga ega, uning 
hisobiga ish bajarilishi mumkin. Bu energiyani 
erkin energiya
deyiladi. Dastlabki 
alohida olingan moddalar va reaksiya mahsulotlarining erkin energiya ko‗rsatkichi 
har xil bo‗ladi, shuning uchun moddalarning o‗zgara borishi jarayonida erkin 
energiyaning 
reaksion 
aralashmalar 
komponentlari 
o‗rtasida qaytadan 
taqsimlanishi yuz beradi, ya‘ni moddalar orasida energiya almashinuvi sodir 
bo‗ladi. Organik moddalarning erkin energiyasini asosiy moddiy tashuvchilari 
atomlar orasidagi kimyoviy bog‗lanishlardir. Agar moddani hosil bo‗lishi yoki 
kimyoviy 
bog‗lanishlarning parchalanishidagi o‗zgarishga duch kelgan 
birikmaning erkin energiyasi o‗zgarishining harorat ko‗rsatkichi gramm-
molekulasi / kal / mol / hisobida 3000 kaloriya atrofidagi qiymatga teng bo‗lsa, u 
me‘yoriy ko‗rsatkich hisoblanadi.
Ko‗p organik birikmalar energiyaga aylanganda aynan shu energiyani beradi. 
Ammo, yangidan hosil bo‗ladigan qator organik birikmalar yoki ularning 
parchalanishidan hosil bo‗ladigan, erkin energiya darajasi biroz ko‗proq (6000-
10000 va undan ziyod kal/mol) miqdorni tashkil qiladi. Bunday birikmalar 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin