Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

protrombin
ga
 
ta‘sir 
etib, uni faol ferment ‒ 
trombin
ga aylantiradi. Faol trombin maxsus ravishda qon 
plazmasidagi protein fibrinogenga ta‘sir qiladi. Trombin ta‘sirida fibrinogendan 
proteolitik reaksiya natijasida kichik peptid zanjirlar uziladi va qolgan qismi 
fibrin
ga
 
aylanadi. Fibrin tezda polimerlanib, erimaydigan polimer 
fibrin iplari
ni 
hosil qiladi. 
Fibrin uzun iplar shaklida cho‗kadi, natijada hamma qon quyuqlashadi – 
iviydi. Agar ivigan qon biroz turib qolsa, hosil bo‗lgan fibrin iplari qisqaradi va 
tarkibida barcha shaklli elementlar bo‗lgan tig‗iz quyqum (tromb) hosil qiladi. 
Qolgan tiniq sarg‗ish suyuqlik qon zardobidan iborat bo‗ladi. Shunday qilib, qon 
zardobi fibrinogen ajratilgandan keyin qolgan 
qon plazmasi
dir.
 
Qon quyish maqsadida uzoq muddatda saqlash uchun uni ivishining oldini 
olish kerak. Bunga turli yo‗llar bilan erishish mumkin. Qonga tabiiy 
antikoagulyantlarni, masalan geparinni kiritish mumkin. Geparin polisaxaridning 
sulfat kislota bilan hosil qilgan murakkab efiridir. Geparin trombin bilan 
osonlikcha 
birikib, 
nofaol 
kompleksga 
aylanadi. 
Tibbiy 
amaliyotda 
foydalaniladigan zuluklar ajratadigan girudin geparinga o‗xshash ta‘sirga ega. 


250 
Shuningdek, turli polisaxaridlarning sulfat efirlari tabiatli bir nechta xil sintetik 
qon antikoagulyantlari olingan.
Antikoagulyantning miqdori ko‗p bo‗lganda, ularning ko‗pchiligi trombin 
bilan birikadi va fibrinogenni fibringa aylanishiga yo‗l qo‗ymaydi. Yana bir usul 
kalsiy ionlarini qondan tozalash hisoblanadi. Qonga natriy oksalat (oksalatli qon) 
yoki natriy sitrat (sitratli qon) qo‗shilsa, unda mavjud bo‗lgan barcha kalsiy 
ionlarini bog‗lash mumkin va shu bilan protrombinning trombinga aylanish 
reaksiyasi ingibirlanadi. Odatda, tirik organizmda qon ivimaydi. Ammo ba‘zi 
kasalliklar, masalan, aterosklerozda tomirlarda qon quyqalari paydo bo‗lishi 
mumkin (tromboflebit). Bunday hollarda antikoagulyantlar qon quyqalarini oldini 
olish uchun ishlatiladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin