Biokimyo va molekulyar biologiya


 Jigarning kimyoviy tarkibi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

13.3.1. Jigarning kimyoviy tarkibi
Jigarning tarkibi 70-75 % suv, 25-30 % quruq moddadan tashkil topgan. 
Quruq moddalarning 12-24 % ini oqsillar, 2-6 %ini lipidlar; 1,5-2,0 % ini 
triatsilglitseridlar; 1,5-2,0 % ini fosfolipidlar; 0,3-0,5 % ini xolesterin; 2,0-8,0 %ini 
glikogen; 0,02 % ini temir tashkil qiladi. Shuni esda tutish kerakki, jigarning 
tarkibi sog‗lom organizmda va, ayniqsa, patologik holatlarda sezilarli darajadagi 
o‗zgarishlarga duch keladi. Jigarda o‗t hosil bo‗ladi. Bir kecha-kunduzda odamda 
500-1200 ml o‗t ishlab chiqariladi. 
 


255 
13.3.2. Jigarning oqsillar, lipidlar, karbonsuvlar va vitaminlar 
almashinuvidagi ahamiyati 
Jigarda qon oqimiga kiradigan turli xil oqsillar sintezlanadi. Qon 
plazmasining, fibrinogen, protrombin, albumin va ba‘zi globulin fraksiyalari kabi 
eng muhim oqsillari jigarda sintezlanadi. Jigarning shikastlanishi plazmadagi 
fibrinogen tarkibining pasayishiga olib keladi va bu pasayish ko‗rsatkichi jigarning 
shikastlanish darajasiga to‗g‗ri proporsional bo‗ladi. 
Ovqat tarkibidagi oqsillarning miqdori yetarlicha darajada bo‗lmasa, 
organizmning turli xil zaruriy funksiyalarining bajarilishida, birinchi galda, asosan, 
jigar ishlatiladi. Aminokislotalarning parchalanishi va sintezi bilan bog‗liq bo‗lgan 
dezaminlanishi, 
transaminlanishi 
va 
boshqa 
reaksiyalar, 
shuningdek, 
siydikchilning sintezlanishi orqali ammiakni zararsizlantirilishi jigarda sodir 
bo‗ladi. 
Jigar lipidlar almashinuvida muhim rol o‗ynaydi. Jigarda hosil bo‗lgan o‗t 
ichakda yog‗larning emulsiyalanishini va suvda erimaydigan yog‗ kislotalarining 
so‗rilishini ta‘minlaydi. Ichaklarda yog‗larning so‗rilishi jarayonida yog‗ 
emulsiyasi jigarga o‗tadi. So‗rilgan yog‗ kislotalarining ancha qismi fosfatidlarni 
sintezi uchun sarflanadi.
Jigarda yog‗larning ko‗p miqdorda yig‗ilishi (yog‗li degeneratsiyasi va yog‗li 
infiltratsiya) moddalar almashinuvining jiddiy ravishda izdan chiqishi, jigarning 
fosfor bilan zaharlanishi va gipofizning oldingi qismini giperfunksiyasi holatlarida 
kuzatiladi. Bunday holatlarda, zaxira yog‗larning mobillashuvi va ularning jigarga 
tashilishi yuz beradi. Jigarda yog‗ kislotalari intensiv ravishda oksidlanadi va keton 
tanalachalari hosil bo‗ladi, ularning manbayi yog‗ kislotalaridan tashqari ba‘zi 
aminokislotalar ham bo‗lishi mumkin. Jigar xolesterin almashinuvida ham ishtirok 
etadi, chunki uning efirlarini sintezi shu organda sodir bo‗ladi. Fosfatidlarning 
sintezlanishi ham jigarda yuz beradi. 
Jigar karbonsuvlar almashinuvida muhim rol o‗ynaydi, u glyukoza hosil 
bo‗lishi bilan kechadigan reaksiyalarni, ya‘ni glikogenni sintezi va parchalanishida 
ishtirok etib, shakarning qondagi konsentratsiyasini ma‘lum darajada ushlab turadi 
va barcha to‗qimalardagi glyukozaning miqdorini doimiyligini ta‘minlaydi. 
Jigardagi glikogenning sintezi faqat karbonsuvlarning o‗zidangina emas, balki 
boshqa oraliq parchalanish mahsulotlaridan, masalan, sut va pirouzum 
kislotalaridan ham hosil bo‗ladi. Jigarda glikogenning sintezi uchun manba sifatida 
aminokislotalar (alanin, serin, sistein, fenilalanin, tirozin va boshqalar) va 
yog‗larning parchalanishida hosil bo‗ladigan glitserin xizmat qilishi mumkin.
Jigar karotin va A vitamini uchun depo hisoblanadi. Uning tarkibida 
karotinaza fermenti bor va u karotinning A vitaminiga aylanishini katalizlaydi. 
Jigar tarkibida D, K, B
2
, B
12
, PP vitaminlari va boshqalar bo‗ladi. 


256 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin