01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
13.3.3. Jigarning boshqa funksiyalari Jigar qon ivishida fibrinogen, protrombin, geparin va boshqa omillarning
sintezi orqali bilvosita yo‗l bilan ishtirok etadi. Jigarning muhim ahamiyati uning
qon plazmasi bilan aloqadorligi hisoblanadi. U plazma oqsillarini sintez qilishda
ishtirok etadi, shuningdek, plazmaning kislotali-ishqoriy muvozanatiga ta‘sir
qiladi. Jigarning eng muhim funksiyalaridan biri uning organizmni zaharli va yot
bo‗lgan moddalardan xalos qilish qobiliyatidir.
Jigarda zararli moddalar (masalan, alkogol h.k.) parchalanadi, ammiak
siydikchilga aylantirilib zararsizlantiriladi, shuningdek, organizm uchun zaharli
tavsifga ega bo‗lgan va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari hisoblangan
bilirubin, krezol, fenol, indol, skatol kabilar glukuron va sulfat kislotalar bilan
ta‘sirlanish asosida hujayra uchun zararsiz birikmalar (juft kislotalar)ga
aylantiriladi. Jigarda benzoy kislotasi glitsin bilan gippur kislotasini hosil qilish
yo‗li bilan zararsizlantiriladi. Bularning barchasi jigarni faqat hazm qilish
jarayonidagina emas, balki butun organizmning moddalar almashinuvida ishtirok
etadigan eng muhim organ ekanligini to‗liq tasdiqlaydi. Shuning uchun jigar
faoliyatidagi har qanday shikastlanishlar butun organizmning kasalligini keltirib
chiqaradi.
13.4. Suv va minerallar almashinuvi. Buyraklarning funksiyasi. Siydik 13.4.1. Suv va mineral moddalar almashinuvi. Suv miqdoriy jihatdan organizmning barcha hujayralarini eng muhim tarkibiy
qismidir. Evolyutsiya jarayonida hayot suvda paydo bo‗lgan va tirik organizmlar
suvsiz mavjud bo‗la olmaydi. Suv organizmning barcha suyuqliklari: qon, limfa,
siydik, ovqat hazm qilish traktining shiralari, bosh-orqa miya suyuqligi,
shuningdek, boshqa barcha to‗qimalarning asosi hisoblanadi.
Butun organizmda suv miqdori tana vaznining 2/3 qismini tashkil qiladi va u
yoshga qarab o‗zgaradi. Shunday qilib, to‗rt oylik embrionlarda suv miqdori 94 %,
yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda 77 %, kattalarda 50-70 % ni tashkil qiladi.
Organizmdagi barcha suvlarni hujayra ichidagi va hujayradan tashqaridagi
suvlarga ajratish mumkin. Hujayra tashqarisiga qon, limfa, hujayralararo suyuqlik
kiradi, u butun organzmda yagona fazani hosil qiladi. Tananing turli hujayralarida
joylashgan suyuqlik muhiti deyarli bir xil tarkibga ega va uni