Biokimyo va molekulyar biologiya


 Oqsillar-tur va individual maxsusliklarning asosi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
14.2. Oqsillar-tur va individual maxsusliklarning asosi 
Yuqorida ta‘kidlaganidek, oqsil molekulalari bir yoki bir nechta polipeptid 
zanjiridan iborat bo‗lib, ularning har biri kamida 100 ta α-aminokislota qoldig‗idan 
tashkil topgan, ular kovalent ravishda bir-biri bilan peptid bog‗lar yordamida 
bog‗lanadi. Oqsillarning molekulyar og‗irligi taxminan 6000 Da dan 1000000 Da 
gacha va undan ham yuqori bo‗ladi. Oqsillar turga va individuallikka xos 
maxsuslik xususiyatlariga ega, chunki ular o‗zlarining xilma-xil funksiyalari bilan 
ajralib turadi. Ular orasida organizmda kechadigan katalitik reaksiyalarni amalga 
oshiruvchi biofaol moddalar ‒ fermentlarning katta guruhi mavjud. Har xil turlarga 
mansub organizmlardan ajratib olingan gomologik fermentlar bir xil reaksiyani 
katalizlasa ham va bir qarashda o‗zaro o‗xshash ko‗rinishga ega bo‗lsa ham, 
kimyoviy jihatdan har xil bo‗ladi. Masalan, cho‗chqa va sigir tripsinlari kimyoviy 
jihatdan har xil birikmalardir. 
Oqsillarning yana bir guruhi jumlasiga strukturaviy tavsifga ega bo‗lgan 
oqsillar kiradi. Yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda fibroblastlar tomonidan 
sintezlanadigan kollagen oqsili, biriktiruvchi va suyak to‗qimalari hujayra tashqi 
tuzilmalarini asosiy oqsili hisoblanadi. Boshqa hujayralar elastik sarg‗ish to‗qima 
oqsili elastin teri, soch, tirnoq, shox va patlarning oqsili α-keratinni sintezlaydi. 
Tog‗ay to‗qimasi tarkibiga nordon polisaxaridli maxsus oqsil xondroitin sulfat 
kiradi. Mukoproteinlar umurtqalilarning paylarini sinovial shilliq sekretiga xos 
xususiyatini kuchaytiradi, ya‘ni ularning yaxshi moylovchi birikmaga aylanishini 
ta‘minlaydi. Hujayralarning har xil membranalari erimaydigan oqsillarga ega 
bo‗lib, ular qutbli lipidlar bilan birikib ularning strukturaviy asoslarini hosil qiladi. 
Oqsillarning boshqa turlari qisqaruvchi va harakatlantiruvchi tizimlarning ajralmas 
komponentlari hisoblanadi. Bu xildagi oqsillar jumlasiga qisqaruvchi tizim 
mushaklarining muhim elementlari aktin va miozinlar kiradi. Ba‘zi oqsillar 
transport funksiyasini bajaradi: ular ma‘lum moddalar molekulalarini o‗ziga 
biriktirib olish va ularni qon oqimi orqali tashish qobiliyatiga ega. Bundan 
tashqari, yuqori darajadagi biologik faollikka ega bo‗lgan boshqa xildagi oqsillar 
ham mavjud bo‗lib, ular oqsil tabiatli gormonlar (insulin, o‗sish gormoni, 
glukogon, vazopressin, oksitotsin va boshqalar) hisoblanadi. 


264 
Tirik organizmlarda uchraydigan ko‗pdan-ko‗p oqsillar orasida o‗ziga xos 
tavsiflilari bo‗lib, aynan shu oqsillar misolida, ularning turga oid maxsusliklarini 
namoyish qilish imkoyati paydo bo‗ldi. Bu oqsillarni antitanachalar yoki 
immunoglobulinlar deb yuritiladi. Hayvon organizmiga mazkur tur uchun yot 
bo‗lgan u yoki bu antigenni in‘eksiyalaganda unga javoban qon zardobi va 
to‗qimalarda antitanachalar molekulasi paydo bo‗ladi. Bu reaksiyani immun 
reaksiya deb yuritiladi, u butun bir ilm sohasi, ya‘ni 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin