Biokimyo va molekulyar biologiya


O‗t pigmentlari va o‗t kislotalari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

O‗t pigmentlari va o‗t kislotalari
siydikda o‗t yo‗lining tiqilib qolishi, 
Botkin kasalligi va sariq kasalligining har xil turlarida uchraydi. 


260 
Siydik toshlari.
Siydikning fizik-kimyoviy holatini buzilishi kristallar va 
amorf tuzlarning cho‗kmalarini hosil bo‗lishiga olib keladi, ular organik asos bilan 
birikishi natijasida toshlarni hosil qiladi. Cho‗kindilarning paydo bo‗lishi, aftidan, 
siydik kolloidlari ‒ musinning himoyaviy xususiyatlarini o‗zgarishiga bog‗liq 
bo‗lsa kerak. 
Siydik toshlari, odatda, suvda kam eriydigan 
siydik kislotasi
yoki uning 
kaliyli, natriyli 
yoki
 ammoniyli tuzlari
, yoki 
otquloq
kislotasi
ning 
kalsiyli tuzi

yoki 
magniy-ammoniyli fosfat
lardan tashkil topgan bo‗ladi. 
Siydik toshlarini kattaligi no‗xat kattaligidan g‗oz tuxumi kattaligigacha 
bo‗lishi mumkin. Siydik kislotasi ‒ urat tuzlaridan tashkil topgan toshlar siydik 
pigmentlari bilan sariq yoki jigar rangga ega bo‗lib, silliqlashgan qattiq yuzaga 
ega. Otquloq kislota tuzlari ‒ oksalatlardan tashkil topgan toshlarning yuzasi 
g‗adir-budir va ko‗pincha to‗q qon rangiga o‗xshash rangga bo‗yalgan bo‗ladi, bu 
toshlar siydik yo‗llari orqali o‗tib, ularning shilliq pardalarini shikastlaydi. 
Fosfat toshlari boshqalardan ko‗ra yumshoqroq va oq rangga ega. Ko‗pgina 
hollarda siydik toshlari bir xil tavsifli bo‗lmaydi. Ularning ichki yadrosi ko‗pincha 
uratlardan iborat bo‗lib, ichki yadro atrofida fosfatlar qatlami o‗raladi, keyin yana 
urat qatlami paydo bo‗ladi va hokazo. 
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan siydik tahlili qanchalik muhim 
ekanligini ko‗rish mumkin. Siydikning miqdoriy tahlili turli organlarning ma‘lum 
biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etish ko‗rsatkichlarini aks ettiradi. Siydikning 
sifatiy tahlili sog‗lom odam siydigida bo‗lmagan notabiiy (patologik) moddalarni 
aniqlashga imkon beradi. Siydik tarkibida patologik moddalarning paydo bo‗lishi u 
yoki bu organlarning funksiyalarini izdan chiqishini ko‗rsatadi. Bundan tashqari, 
siydik tahlili orqali dorivor va boshqa organizm uchun yot bo‗lgan moddalarning 
ta‘sirini aniqlash mumkin.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin