Biokimyo va molekulyar biologiya


 Matritsa (axborot) RNK si



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

14.5.3. Matritsa (axborot) RNK si
Transkripsiya paytida 
matritsa 
yoki
axborot ‒ m-RNK (a-RNK)
hosil 
bo‗ladi. U o‗zida DNK ning ma‘lum bir qismida kodlangan genetik 
ma‘lumotlarning aniq nusxasini, ya‘ni oqsillardagi aminokislotalarning ketma-
ketligi haqidagi axborotni mujassamlashtirgan. Prokariot organizmlarda 
transkripsiya jarayonida birdaniga axborot RNK si (m-RNK) hosil bo‗ladi. 
Eukariot hujayralarda transkripsiya jarayonida dastlab, pro-m-RNK hosil bo‗ladi. 
Matritsa (axborot) RNK deb nomlanishiga sabab, uning hujayrada bajaradigan 
funksiyasidan kelib chiqadi: u ribosomada polipeptid zanjiri sintezlanishi uchun 
qolip vazifasini bajaradi. Har bir aminokislota uchun unga mos keladigan ma‘lum 
uchlik (triplet) kodon deb nomlangan nukleotidlari bo‗ladi. m-RNK zanjiridagi 
kodonlarning ketma-ketligi oqsil tarkibidagi aminokislotalarning ketma-ketligini 
aniqlaydi. Aynan, m-RNK oqsilning birlamchi strukturasi haqida irsiy axborot 
(informatsiya)ni belgilaganligi sababli, uni ko‗pincha 
axborot RNK (a-RNK yoki 
i-RNK yoki hatto q-RNK)
deb atashadi. 
Hujayradagi m-RNK miqdori uncha ko‗p emas: u umumiy RNK miqdorining 
2-6 % tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda, m-RNK lar molekulyar og‗irligi va 
nukleotidlar ketma-ketligi jihatidan sezilarli darajada farq qiladigan har xil turdagi 
molekulalardan tashkil topgan bo‗ladi. 
RNK ning bu turi oqsillardagi aminokislotalarning ketma-ketligini belgilaydi, 
ular 
oqsillarni 
kodlovchi 
sistron-qismlardan 
tashkil 
topgan 
bo‗ladi. 
Molekulalarning oxirgi qismida translatsiyalanmaydigan qism joylashadi. 
Molekula 5´-uchining boshida presistron qism, keyin kodlovchi zona va undan 
ham keyin 3´-uchida postsistron qism joylashadi. Agar m-RNK bitta oqsil sintezini 
kodlasa, u monosistron (monogen) m-RNK, agar bir nechta oqsillar sintezini 
kodlasa, polisistron (poligen) m-RNK deb yuritiladi. Keyingi holatda uning sistron 
oralig‗i qismlari ‒ speyserlar joylashgan bo‗lib, u oqsillarni kodlamaydi. 
Barcha eukariot m-RNK larning 5´-uchining tarkibida 7-metilguanozinli
kep
(inglizcha, cap-kepka so‗zidan olingan) guruhi joylashgan bo‗ladi. Taxminlarga 
qaraganda, kep m-RNK ni stabillashishi uchun zarur, bu uning 5´-ekzonukleazalar 
ta‘sirida parchalanib ketishining oldini oladi. Kepning birikish jarayoni 
kemping
deb nomlanadi. Keyin birinchi kodondan 3-15 nukleotid oldin m-RNK ning 5´-
uchiga keyingi qismda m-RNK ning ribosoma bilan o‗zaro ta‘sirlanishini 
ta‘minlaydigan nukleotidlar joylashadi. Bundan keyin esa, m-RNK da oqsil sintezi 
boshlanishini signali hisoblangan 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin