Biokimyo va molekulyar biologiya


 Xromatinning tuzilishi. Nukleosomalar



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

14.4. Xromatinning tuzilishi. Nukleosomalar 
Eukariot hujayralarning asosiy genetik materiali replikatsiya va transkripsiya 
jarayonlari sodir bo‗ladigan hujayra yadrosining xromosomalarida joylashgan 
bo‗ladi. Hujayralarning bo‗linishi oralig‗ida xromosomalar uzun ingichka iplarga 
cho‗ziladi, bo‗linish paytida ular kaltalashib qalin bo‗lib qoladi. Bir necha 
santimetr uzunlikda bo‗lgan DNK molekulasi kompakt holatda bo‗lganda 
xromosomada qadoqlanib uzunligi mikrometr bilan o‗lchanadigan bo‗lib qoladi. 
Xromosomalar 
xromatin
deb nomlangan nukleoproteiddan tashkil topgan. 
Xromatinning asosiy tarkibi DNK, gistonlar va nogiston oqsillardan iborat. 
Gistonlar
yuqori darajada evolyutsion konservatizm bilan ajralib turadigan 
asosli xossaga ega, molekulyar jihatdan kichik molekulali oqsillardir. Yuqorida 
keltirilganidek, gistonlar tarkibidagi asosli aminokislota (LIZ/ARG) qoldiqlarining 
o‗zaro nisbatiga bo‗yicha 5 sinfga: H1, H2A, H2H, H3, H4 bo‗linadi. Argininga 
boy bo‗lgan H3 va H4 gistonlar eng konservativ hisoblanadi; boshqa variantlarda 
aminokislotalar ketma-ketligiga qarab biomanbalarda konservatizmi bo‗yicha farq 
keng chegarani tashkil qiladi. 
Xromatinning boshqa xil tabiatli barcha oqsillarini 
nogiston
oqsillar deb 
yuritiladi. Xromatin tarkibidagi DNK, ehtimol, B-shaklida bo‗ladi, lekin 
xromatinning ba‘zi qismlarida DNK ni Z-shaklining borligi haqida ham 
ma‘lumotlar mavjud. DNK xromosomalar massasining taxminan yarmini tashkil 
qiladi, ularning qolgan yarmi oqsillardan tashkil topgan. R.Kornberg xromatinni 
diskret zarrachalar-nukleosomalardan tashkil topgani va ular DNK ning erkin 
qismlarida ―ko‗prikchalar‖ hosil qilish yo‗li bilan bog‗langan ekanligini isbotladi. 
14.5. Ribonuklein kislotalari. Tuzilishi, xususiyatlari, funksiyalari 
14.5.1. RNK molekulalarining geterogenligi 
Hujayra tarkibidagi RNK hajmi, tarkibi, vazifasi va joylashishi jihatidan farq 
qiladi. Sitoplazmada doimiy ravishda RNK ning bir nechta turlari: transport RNK 
(t-RNK), qolip (matritsali) yoki axborot (informatsion) (i-RNK yoki m-RNK), 
ribosomal (r-RNK) uchraydi. Yadrolarda yadro RNK (yaRNK)si joylashgan 
bo‗lib, u umumiy RNK ning 4 dan 10 % gacha ulushini tashkil qiladi. yaRNK 
tarkibiga kattaligi va nukleotid ketma-ketligi bo‗yicha farqlanadigan ko‗p xil 
molekulalar kirib, turli sitoplazmatik m-RNK larning sonidan sezilarli darajada 
ko‗p bo‗ladi. 


266 
Eukariotlarning yadrosida ribosomal 28 S va 18 S RNK, 5 S RNK, t-RNK va 
m-RNK larning yuqori molekulyar og‗irlikdagi dastlabki asoslari (pre-RNK) 
sintezlanadi. yaRNK ning ancha qismi ribosomal tabiatli RNK ning barqaror turi 
hisoblanadi. Yuqori molekulyar og‗irlikdagi 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin