Biokimyo va molekulyar biologiya


 DNK ga bog‗liq bo‗lgan RNK polimeraza



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
14.6.2.2. DNK ga bog‗liq bo‗lgan RNK polimeraza
Hujayradagi barcha RNK turlari ‒ matritsa, ribosomal, transport ‒ DNK 
matritsasida sintezlanadi. Ular DNKga bog‗liq bo‗lgan RNK-polimeraza ta‘sirida 
hosil bo‗ladi. Bunda, DNK zanjiridagi deoksiribonukleotidlar ketma-ketligi, xuddi 
boshqa ―til harflari‖ yordamida RNKdagi ribonukleotidlar ketma-ketligiga 
qaytadan ko‗chirib yoziladi, ya‘ni transkripsiyaga uchraydi. RNK polimerazalar 
hayvon, o‗simlik va bakteriyalar hujayralarida uchraydi. RNK polimeraza E.coli va 
ba‘zi bakteriofaglarda yaxshi o‗rganilgan. E.colida transkripsiya RNK-
polimerazadan tashqari yana bitta RNK-polimeraza mavjud bo‗lib, u DNK 
sintezini inisiatsiyasi uchun va uni fragmentlarini sintezi uchun kerakli bo‗lgan 
kalta RNK-oqlikni sintezlash vazifasini bajaradi. Xamirturushdan tortib, to 
sutemizuvchilargacha bo‗lgan barcha eukariotlarda ko‗p sonli RNK-polimerazalar 
tizimi mavjudligi aniqlangan.


276 
RNK-polimeraza I 
yadrochada uchraydi va ribosomal RNK sintezini 
katalizlaydi. Ushbu ferment ikki xil shaklda mavjud bo‗lib, ulardan bittasida 5-6 
subbirlikdan tashkil topgan bo‗lsa, ikkinchisida bir subbirlikka kam bo‗ladi. 
RNK-polimeraza II
beshta subbirlikdan iborat va nukleoplazmada uchrab, 
eukariotlarning oqsillarini kodlovchi barcha genlarni, shuningdek, hayvon 
viruslarining asosiy genlarini transkripsiyalaydi. 
RNK-polimeraza III
10 va undan ortiq subbirliklardan iborat bo‗lib, 
nukleoplazmada lokalizatsiyalashgan 5 S RNK va t-RNK sintezini katalizlaydi.
Yuqorida keltirilgan barcha RNK polimerazalar subbirliklarining molekulyar 
og‗irliklari keng chegaralardagi o‗zgarishlarga ega bo‗ladi. Eukariot 
mitoxondriyalar mustaqil matritsali sintez apparatiga ega. Ular orasida hozirgacha 
ma‘lum bo‗lgan RNK polimerazalardan molekulyar og‗irligi 64000 Da bo‗lgan 
eng oddiy monomer ajratib olingan. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin