Ribosomalar . Elektron mikrofotosuratlarda ribosomalar, taxminan, sferik
shakldagi zich, yumaloq donachalar sifatida ko‗zga tashlanadi. Hujayradagi
ribosomalar soni juda ko‗p: ularning soni bakteriyalarda o‗rtacha 10
4
, eukariotik
hujayralarda 10
6
bo‗ladi. Ribosomalar, asosan, sitoplazmada, qo‗shimcha ravishda
yadroda (ayniqsa, yadrochada), mitoxondriyalarda va xloroplastlarda joylashgan
bo‗ladi. Hajmi va molecular og‗irligiga qarab hozirgacha o‗rganilgan barcha
ribosomalar uch guruhga bo‗linadi.
Birinchi guruh ga nisbatan kichik bakterial ribosomalar kiradi. Ular kichik 30
S va katta 50 S subbirliklardan tashkil topgan bo‗lib, sedimentatsiya konstantalari
70 S va m.o. = 3 x10
6
ga teng.
Ikkinchi guruhga eukariotik hujayralarning yirik ribosomalari kiradi.
Ularning sedimentatsiya konstantalari 80 S m.o. = 4,5x 10
6
ga teng, ular ham ikkita
‒ kichik 40 S va katta 60 S subbirliklarga ega.
Uchinchi guruh eukariotik hujayralarning mitoxondriyalari va xloroplastlari
ribosomalaridan iborat. Mitoxondrial ribosomalar 70 S sinfiga kiradi. Ammo ular
turli xil eukariot guruhlarda sedimetatsiya koeffitsiyentlari bilan farq qiladi.
Mitoxondrial ribosomalarning sedimentatsiya koeffitsiyenti, zamburug‗lar va
evglenada 70-74 S, yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda 55-60 S, yuksak
o‗simliklarda 80 S, xloroplast ribosomalarning sedimentatsiya koeffitsiyenti esa
67-70 S ga teng bo‗ladi.
14.6. Nuklein kislotalarning biosintezi va almashinuvi 14.6.1. Purin va pirimidin nukleotidlarining biosintezi Ma‘lumki, purin va pirimidin mononukleotidlari de novo, ya‘ni oddiy
tuzilishga ega bo‗lgan dastlabki moddalardan, shuningdek, bevosita tayyor purin
va pirimidin asoslaridan sintezlanishi mumkin. Holbuki, sutemizuvchilarning
to‗qimalarida nukleotidlar de novo yo‗l bilan sintezlanadi, garchi jadal o‗sadigan
to‗qimalarda ular ikkala yo‗l bilan ham sintezlanishi mumkin. Bakteriyalarning
272
ko‗p turlarini yaxshi o‗sishi va rivojlanishi uchun ozuqa muhitida purin va
pirimidin asoslarining tayyor molekulalari bo‗lishi zarur.