Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Galaktozemiyada
bolalarda 
galaktozaning 
glyukozaga 
aylanishini 
katalizlovchi fermentning bo‗lmasligi qayd qilinadi. Bu kasallik organizmda ko‗p 


151 
miqdorda galaktoza yig‗ilishi bilan tavsiflanadi, u o‗zini toksik modda sifatida 
namoyon qilishi tufayli, ayniqsa, emizikli chaqaloqlar uchun xavflidir. 
 
Glukogenozlar 
glikogenni glyukozagacha parchalanishining izdan chiqishi 
bo‗lib, u jarayonni katalizlovchi fermentlarning yetishmasligi bilan tavsiflanadi. 
Bu kasallikda organlar (jigar, mushak va h.k.)dagi glikogen ko‗payib ketadi, 
atrofiya jarayonlarini kuchaytiradi, hujayralarda esa glyukoza va energiyaga 
nisbatan tanqislik kuzatiladi. 
Boshqa irsiy kasalliklar jumlasiga 
laktoza va saxaroza
ni
 
organizm 
tomonidan 
qabul qila olmasligi 
kiradi. Bu kasalliklar emizikli chaqaloqlarda 
bo‗ladi va ichakda o‗zaro mos holda laktaza va saxaraza yo‗ligi tufayli kelib 
chiqadi. Bunda ichak parchalanmagan disaxaridlarga to‗ladi, ular ichak 
mikroflorasi tomonidan parchalanib nordon mahsulotlar (sut, moy kislotalar)ga 
aylanadi. Bu nordon mahsulotlarning kasal bolalar ichaklarida to‗planishi og‗ir, 
davomli diareyaning rivojlanishiga sababchi bo‗ladi.
 
Materiallarni mustahkamlash uchun savollar:
1. Karbonsuvlar qayerda uchraydi? 
2. Karbonsuvlar qanday funksiyalarni bajaradi? 
3. Karbonsuvlarning tasnifi va nomenklaturasi.
4. Karbonsuvlar qanday tuzilishga ega?
5. Monosaxaridlarning stereoizomerlari sonini hisoblash uchun qanday 
formuladan foydalaniladi? 
6. Trioza va tetrozalar nechtadan stereoizomerga ega?
7. Pentozalar va geksozalar nechtadan stereoizomerga ega?
8. Yarim atsetal gidroksilga xos reaksiyalar. 
9. Karbonil guruhga xos reaksiyalar. 
10. Monosaxaridlarning spirtlar, kislotalar bilan reaksiyalari. 
11. Monosaxaridlarning kuchsiz oksidlovchi moddalar bilan oksidlanish 
reaksiyalari. 
12. Monosaxaridlarning kuchli oksidlovchilar bilan oksidlanish reaksiyalari. 
13. Monosaxaridlarning qaytarilish reaksiyalari. 
14. Monosaxaridlardan aminohosilalar hosil bo‗lish reaksiyalari. 
15. Monosaxaridlarning α-va β-shakllari qanday farqlanadi? 
16. Qutblangan nurni o‗ngga va chapga buruvchi monosaxaridlar qanday 
farqlanadi? 
17. Glyukoza va riboza nechtadan stereoizomerlarga ega? 
18. Ribuloza va fruktoza nechtadan stereoizomerlarga ega? 
19. Triozalar va tetrozalarning vakillari. 
20. Pentoza, geksozalarning tabiiy manbalari. 


152 
21. Oligosaxaridlarga qanday shakarlar kiradi? 
22. Qaytaruvchi va qaytarmovchi disaxaridlarning xossalari.
23. Qaysi qaytaruvchi disaxaridlarni bilasiz? 
24. Qaysi qaytarmovchi disaxaridlarni bilasiz? 
25. Laktoza qaysi monosaxaridlardan tashkil topgan? Saxaroza va 
sellobiozachi? 
26. Polisaxaridlar qanday tuzilgan va qaysi xossalarga ega?
27. Kraxmal va glikogenlar qanday tuzilgan va qaysi xossalarga ega? 
28. Sellyuloza va gemitsellyulozalar qanday tuzilgan va qaysi xossalarga ega? 
29. Inulin qanday tuzilgan va qanday xossalarga ega? 
30. Geteropolisaxaridlarning qanday vakillari bor? 
31. Glikoproteinlar va glikopeptidlar qanday tuzilishga ega? 
32. Glikoproteinlar va glikopeptidlarning biologik ahamiyati. 
33. Karbonsuvlar almashinuvining umumiy tavsifi. 
34. Karbonsuvlarning oshqozon-ichak traktida parchalanishi. 
35. Glikogenning to‗qimalarda sintezlanishi va parchalanishi. 
36. Glyukozani anaerob parchalish reaksiyalarida qanday fermentlar ishtirok 
etadi? 
37. Glyukozani aerob parchalish reaksiyalarida qanday fermentlar ishtirok 
etadi? 
38. Glyukozaning anaerob glikolizining energiya balansi.
39. Energetik jihatdan glikolizning qaysi turi foydali? 
40. Pentoza fosfat siklining biologik roli qanday?
41. Pentoza fosfat siklining bosqichlari. 
42. Karbonsuvlar almashinuvining izdan chiqishi va u bilan bog‗liq qanday 
kasalliklar mavjud? 
43. Gipoglikemiya, giperglikemiya va glukozuriya nima? 
44. Qandli diabetning sabablari nimada? 
45. Genkogenozlar qanday kelib chiqadi? 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin