150
hujayralariga o‗tishini ta‘minlab, oksidlanish asosida hujayralarni hayoti uchun
zarur bo‗lgan energiyani ajratadi.
Shuning uchun insulin yetishmaganda bu jarayon susayadi, bu esa bir
tomondan qonda glyukozaning konsentratsiyasini oshishiga (giperglikemiya va
glukozuriyaning rivojlanishiga)
olib kelsa, boshqa tomondan hujayralar energiya
tanqisliga duch keladi.
Organizm bu tanqislikni glukoneogenez jarayonlarini faollashtirish (yog‗lar
va oqsillarning parchalanishini oshirish va ularni uglevodlarga aylantirish) orqali
bartaraf etadi. Bunda yog‗larning parchalanishini so‗nggi mahsulotlaridan biri –
Krebs sikliga kiradigan atsetil-KoA ko‗p miqdorda yig‗iladi, u oksidlanib, tana
hujayralari uchun kerak bo‗lgan energiyani ajratadi.
Qandli diabetda bu jarayon ham cheklangan bo‗ladi,
chunki bir vaqtning
o‗zida yog‗ning oksidlanishi bilan birga oqsil va aminokislotalarning parchalanish
jarayonlari ham faollashadi. Bu xil parchalanish mahsulotlarini parchalanish
natijasida organizm uchun o‗ta toksik ammiak ajraladi. Organizmda uning
zararsizlantirilishi turli yo‗llar bilan yuz beradi, xususan α-ketoglutar kislota bilan
ta‘sirlanish asosida konsentratsiya pasayadi. Bu kislota
Krebs siklining asosiy
tarkibiy qismlaridan biri bo‗lgani va bunga mos holda ammiakni neytrallashda
sarflanganligi sababli Krebs sikli faolligini pasayishiga olib keladi. Lekin bu
kislota yog‗lar va aminokislotalarning jadal parchalanishi tufayli hosil bo‗ladigan
ko‗p miqdordagi atsetil-KoA ni oksidlay olmaydi. Ortiqcha miqdordagi atsetil-
KoA jigarga kirib, undan atseton yoki keton tanachalari sintezlanadi.
Keton tanachalari qonga o‗tadi, natijada ularning miqdori ancha oshib ketadi:
agar qondagi atseton tanachalarini me‘yoriy darajasi 1 mg % atrofida bo‗lib,
siydik bilan bir kecha-kunduzda 40 mg %
gacha ajralsa, qandli diabetda qondagi
miqdori 100 mg % gacha oshib ketadi ‒ atsetonemiya (ketonemiya), siydik bilan
esa 50 g gacha ajralib chiqadi ‒ atsetonuriya (ketonuriya). Qon tarkibida atseton
tanachalari kabi nordon birikmalarning ko‗payishi qonning pH ni nordonlashtiradi.
Bunda atseton tanachalari faqat siydik orqaligina ajratilmasdan, balki o‗pka orqali
(nafas olganda) va teri orqali (terlaganda) ham
ajraladi va bunda bemordan
atsetonning hidi kelib turadi.
Karbonsuvlarning almashinuvini izdan chiqish holatlari jumlasiga bu
almashinuv jarayonlarida ishtirok etuvchi fermentlar faol bo‗lmasligi yoki
faollikning past bo‗lishi bilan tavsiflanadigan ba‘zi irsiy kasalliklar ham kiradi. Bu
xil kasalliklar jumlasiga galaktozemiya, glikogenozlar, laktoza,
saxaroza va
h.k.larning hazm bo‗lmasligi bilan bog‗liq kasalliklar kiradi.
Dostları ilə paylaş: