149
glyukoza miqdorining o‗zgarishi karbonsuvlar almashinuvining izdan chiqishi
darajasini tavsiflaydi.
Bu holatlar jumlasiga, avvalo, giper- va gipoglikemiyalarni
kiritish mumkin.
Giperglikemiya
bu ‒ organizmning shunday holatiki,
u qondagi shakar
miqdorining oshib ketishi bilan tavsiflanadi. Giperglikemiya glyukozaning qonga
oshiqcha miqdorda kirishi yoki uni organizm hujayralari tomonidan kam miqdorda
foydalanilishi tufayli kelib chiqadi. Giperglikemiyaning kelib chiqishiga fiziologik
(karbonsuvlarni ortiqcha miqdorda iste‘mol qilish, har xil ruhiy va h.k.) holatlar
ham, patologik omillar (shakarli diabet, surunkali
infeksion kasalliklar, miya
shishi, ruhiy kasalliklar) ham sabab bo‗lishi mumkin. Bunda shakarning qondagi
miqdori 3-5 marta oshib ketishi va juda katta ko‗rsatkichlar- (300-400 mg % va
undan ziyod)ga yetishi mumkin. Uning kelib chiqishi fiziologik tavsifli bo‗lganda
qisqa vaqtli bo‗ladi va 2-3 soatdan keyin shakarning qondagi konsentratsiyasi
me‘yoriy ko‗rsatkichgacha pasayadi. Ko‗pincha giperglikemiyalar glukozuriyaga
aylanadi, bunda siydik tarkibida glyukoza paydo bo‗ladi.
Bu qonda glyukoza
miqdorini 160-180 mg % dan oshganda kuzatiladi. Shu ko‗rsatkich buyrakning
Dostları ilə paylaş: