Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

ekzergonik reaksiya
bo‗ladi. Agar ΔG° musbat ko‗rsatkichga ega bo‗lsa, reaksiya energiya yutilishi 
bilan boradi u 
endergonik reaksiya
deyiladi. 
Almashinuv reaksiyalaridan endorgenik reaksiyalar yaxshi o‗rganilgan. Bu 
reaksiyalar chetdan keladigan erkin energiya oqimini (masalan, yorug‗lik) 
energiyasini yoki boshqa moddalarning almashinuvidan hosil bo‗ladigan 
ekzorgenik reaksiyalari (masalan, oksidlanish) energiyasini talab qiladi. Energiyani 
yig‗ilishi (generatsiyasi) va undan foydalanilishi jarayonlarini bir-biriga 
bog‗laydigan oraliq vositachilar sifatida yuqori energetik (makroenerg) tizim 
birikmalari xizmat qiladi. Yuqori energetik bog‗larning gidrolizi natijasida hosil 
bo‗ladigan standart erkin energiya kattaligi 21 kDj×mol
–1 
dan ziyod bo‗lganda 
makroergik bog‗ sanalib, 
~
(tilda) bilan belgilanadi (14-jadval). 
 


157 
14-jadval. 
Ba‘zi birikmalarning gidrolizi natijasida hosil bo‗ladigan 
standart erkin energiya (kDj×mol1 hisobida)
 
Birikmani nomi 
Hosil bo‗ladigan mahsulot 
‒ΔG°, 
kDj/mol 
Fosfoyenolpiruvat 
Piruvat + НРО
–2
4
–61,9 
1, 3- Difosfoglitserat
4–
3-Fosfoglitserat
3–
+ НРО
–2
4

+
–54,5 
Kreatinfosfat

Kreatin

+ НРО
–2
4
–43,1 
Atsetilfosfat
2–
Atsetat 
-
+ НРО
-2


+
–47,7 
Fosfoarginin 
Arginin

+ НРО
–2
4
–38,1 
ATF
4-
ADF
3- 
+ НРО
–2


+
–34,5 
Glyukoza-1-fosfat
2–
Glyukoza + НРО
–2
4
–20,9 
α-D-glyukoza-6-fosfat
2–
α-D-Glyukoza + НРО
–2
4
–13,8 
Glitserofosfat
2–
Glitserin + НРО
–2
4
–9,2 
Bundan ko‗rinib turibdiki, 14-jadvaldagi glyukoza-1-fosfat
2–
dan yuqorisida 
joylashgan birikmalarning barchasi makroerg birikmalar hisoblanadi. Odatda, 
yuqori energetik birikmalar o‗z tarkibida yuqori energetik fosfat guruhga ega va 
uni boshqa moddalarga ko‗chirishi mumkin. Isbotlanganki, bunda fosfat guruh 
emas, balki fosforil guruh ko‗chirilar ekan.
 
Demak, ―fosfat guruhlarini o‗tkazish‖ 
iborasi fosforil guruhlarini o‗tkazish sifatida talqin qilinishi kerak. Yuqori 
energiyali fosforil guruhlarni ~F yoki ~R tarzida qisqartirib belgilanadi. Yuqori 
energiyali birikmalarning: besh xil ribonukleozid-5-difosfatlar va trifosfatlari

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin