156
Shunga bog‗liq holda tirik mavjudotlarda energiyadan foydalanish samaradorligi
ancha yuqori (50 % dan ziyod) bo‗ladi.
Ikkinchi
o‗ziga
xos xususiyat shundaki, oksidlanish jarayonlarida
energiyaning ajralib chiqish jarayoni
asta-sekin
sodir bo‗ladi. Masalan, 1 mol
shakarning oksidlanishidan 686 kkal (2881.2 kDj) energiya ajralib chiqadi. Agar
bu energiya birdaniga ajralganda edi, unda portlash sodir bo‗lardi.
Uchinchi
xususiyat
shundan iboratki, karbonsuvlar, yog‗lar va boshqa
birikmalarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan
potensial kimyoviy
energiya, bu o‗ziga xos bo‗lgan energiyaning biologik akkumulyatorlari
hisoblanadi.
Yuqori energetik birikmalar jumlasiga ATF va unga o‗xshash boshqa
oksidlanish jarayonlari ishtirokisiz guruhlarni ko‗chirish bilan bog‗liq fermentativ
reaksiyalar asosida ATF hosil qiluvchi boshqa birikmalar kiradi. Gidrolizlaganda
bu birikmalarning molekulasidan ko‗p miqdorda erkin energiya ajraladi.
Reaksiyalar erkin energiya ko‗rsatkichlarini o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatadigan
turli sharoitlarda sodir bo‗ladi.
Shuning uchun biokimyoda
erkin energiyani
o‗zgarish andozasi
sifatida – ΔG° deb nomlangan atamadan foydalaniladi. Erkin
energiyani o‗zgarish andozasi bosim1 F, substratning dastlabki konsentratsiyasi –
1 M, harorat 25°C bo‗lgan ko‗rsatkich tushiniladi. Odatda,
erkin energiyani
o‗zgarish andozasi – ΔG°ning qiymati F 7,0 ga tengligida belgilanadi.
ΔG°ning qiymati
metabolik jarayonlarning, shuningdek, alohida olingan
kimyoviy reaksiyalarning miqdoriy ko‗rsatkichlarini
termodinamikadagi kabi
tavsiflashda qo‗llaniladi, bunda ―minus‖ (‒) belgisi bilan energiyaning
chiqarilishini, ―plus‖ (+) belgisi bilan esa uning qabul qilinishini bildiradi.
Agar bu reaksiyaning ΔG° qiymati manfiy ko‗rsatkichga ega bo‗lsa, unda
reaksiya energiya ajralishi orqali o‗z-o‗zidan yuz berib –
Dostları ilə paylaş: