replikatsiya ni, ya‘ni DNK matritsasida DNK
sintezini,
transkripsiyasi ni, ya‘ni DNK dagi tilni va turni m-RNK molekulasiga
ko‗chirishni va
translatsiya ni, ya‘ni m-RNK molekulasidagi genetik ma‘lumotni
oqsil tarkibidagi mos aminokislotalar ketma-ketligini sintezlashga yo‗naltiradigan
jarayonlarni o‗z ichiga oladi.
Shunday qilib,
translatsiya m-RNK nukleotidlari ketma-ketligida mujassam
bo‗lgan ma‘lumotlarni polipeptid zanjirning aminokislota ketma-ketligiga
aylantirish demakdir. Translatsiya jarayonida hujayraning barcha oqsillari
sintezlanadi. Dastlab, aminokislotalar faollashuvi va ularni tegishli t-RNK larga
birikishi yuz beradi. Keyin ribosomalarda polipeptid zanjirining yig‗ilish jarayoni
sodir bo‗ladi, buni ba‘zan
haqiqiy translatsiya deb atashadi. Aytish mumkinki,
translatsiyaning o‗zi ikki bosqichdan, ya‘ni
aminokislotalarning faollashuvi va
haqiqiy translatsiyadan iborat. Haqiqiy translatsiyaning o‗zi ham
initsiatsiya, elongatsiya, terminatsiya boshqichlaridan tashkil topgan
14.9.1.1. Aminokislotalarning faollashuvi Bu bosqichda aminokislotalar ATF energiyasi yordamida maxsus fermentlar
ishtirokida
t-RNK
tomonidan
tegishli
aminokislotalarning
―tanilishi‖
(―rekognitsiyasi‖), ya‘ni ularni o‗ziga biriktirib olishi yuz beradi. Reaksiyalar
sitoplazmaning eruvchan qismida sodir bo‗ladi. Aminokislotalar maxsus
297
aminoatsil-t-RNK sintetaza fermentlari ishtirokida, faollashadi va tegishli t-RNK
larga birikadi.
Bu fermentlarning har biri ma‘lum aminokislotaga va unga tegishli bo‗lgan t-
RNKga xos maxsuslik xususiyatlariga ega. Katalitik markazda fermentning
faollashuvi ikki bosqichda amalga oshadi. Avvalo, ATF ning aminokislota bilan
ta‘sirlanishi natijasida oraliq mahsulot-aminoatsiladenilat hosil bo‗ladi. Bunda
aminokislotaning –COOH guruhi AMF ning 5′- fosfat guruhi bilan birikishi va
pirofosfat kislotaning ajralishi yuz beradi, bunda ATF ning bir qism energiyasi
aminoatsiladenilat tomonidan o‗zlashtiriladi, u peptid bog‗ hosil bo‗lishi uchun
zarurdir.
Ikkinchi reaksiyada aminoatsil qoldiqni maxsus t-RNK ga ko‗chiriladi.
Bunda aminokislotaning –COOH guruhi t-RNK ning adenozin qoldig‗ini 3′′-OH-
uchli guruhhi bilan murakkab efir bog‗ini hosil qiladi.
Reaksiya natijasida har bir aminokislotani o‗ziga mos bo‗lgan t-RNK
molekulasi bilan eterifikatsiyalanishi yuz beradi, ya‘ni aminoatsil-t-RNK hosil
bo‗ladi. Bu jarayon davomida har bir aminokislota faollashadi va o‗ziga xos
bo‗lgan ―o‗zining‖ t-RNK si bilan bog‗lanadi:
298
Tuzilishiga ko‗ra aminoatsil-t-RNK sintetazalar (aa-tRNK sintetazalar) uch
guruhga bo‗linadi. Bu aa-tRNA sintetazalarning