Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

initsiatsiya omillari 
deb nomlangan 
IF-1, IF-2 va IF-3 
lar tarzida belgilanadi. 
Initsiatsiya quyidagi tartibda bo‗lib o‗tadi. Initsirlovchi omil IF-3 
ribosomaning kichik subbirligi 30 S bilan birikadi, oqsil omili IF-2 esa GTF bilan 


299 
birikadi. So‗ng hosil bo‗lgan IF-2 –GTF kompleksiga formilmetionil-t-RNK
met 
F
birikadi. Ikkinchi bosqichda, hosil bo‗lgan kompleks bilan tarkibida IF-3 bo‗lgan 
30 S-subbirlik reaksiyaga kirishib 30 S- IF-3-GTF- IF-2-formilmetionil-t-RNK
met 

hosil qiladi. Bu kompleksga initsirlovchi omil ‒ IF-1 ning ishtirokida o‗zining 5′-
uchi orqali m-RNK birikadi (39-rasm). 
39-rasm. 
Oqsil sintezini initsiatsiyasi (fMet-formilmetionin)
 
Yakuniy bosqichda 50 S subbirlik ham birikadi, buning natijasida 
initsiatsiyaning uchala omili, shuningdek, GDF va fosfat kislotalar ajralib chiqadi. 
E‘tirof etilgan jarayonlar natijasida ribosoma ―yig‗iladi‖ va polipeptid zanjirni 
sintezlanishi uchun tayyor bo‗ladi. 
Oqsil sintezida ribosomalarning funksional markazi muhim rol o‗ynaydi, u 
yerda molekulalarning maxsus ravishda bog‗lanadigan va oqsil biosintezida 
ishtirok etuvchi molekulalar joylashadigan bo‗shliq bor. Mavjud matritsada 
ribosomaning 30 S birligi aminoatsil-t-RNK ni muhitdan tanlash va o‗ziga xos 
tarzda maxsus bog‗lanishi uchun javobgar hisoblanadi. Aynan shu yerda 
matritsani bog‗lanish joyi, kodon-antikodon juftlari va atsillangan t-RNK 
joylashgan bo‗ladi. 
Atsillangan t-RNK ning bog‗lanadigan joyi ribosomaning 30 S va 50 S 
subbirliklarini yuza qismi, shuningdek, m-RNK ning tegishli kodoni bilan 
cheklangan bo‗ladi, chunki bu qism faqat t-RNK ning ma‘lum molekulasi uchun 
o‗ziga xos maxsuslikka ega. Aminoatsil-t-RNK 30 S subbirlikning A-sayti (joyi)da 
(aminoatsil-t-RNK ni bog‗lanish joyi) bilan bog‗lanadi. 
Aminoatsil 50 S-subbirlik sathini oxiriga ―ilinadi‖, bu yerdan u ribosomaning 
50 S-subbirlik joylashgan peptidiltransferaza markazini A (aminoatsil) joyiga 


300 
o‗tadi. 30 S-subbirlikning A-joyi yonida R-(peptidil-t-RNK-bog‗laydigan)-sayt 
bo‗lib, unda peptidil-t-RNK joylashadi. Peptidil ham 50 S-subbirlikka ―ilinadi‖ va 
peptidilferaza markazining P (peptidil) joyiga joylashadi. 50 S-subbirlikda yana E-
joy (ingliz, exit–chiqish)ning mavjudligi ma‘lum, matritsa bo‗lmagan holatlarda, 
unga muqobil ravishda deatsillangan t-RNK bog‗lanadi.
Initsiatsiya jarayonlari natijasida formilmetionil-t-RNK darhol P-joyga o‗tadi. 
Bunda aftidan uning antikodoni 3′-UAS-5′ m-RNK ning metioninli 5′-AUG-3′ 
kodon bilan bog‗langan bo‗ladi, A-joy esa bo‗sh qoladi, unga m-RNK ning keyingi 
kodoni to‗g‗ri keladi va u tegishli aminoatsil t-RNK tomonidan ―o‗qiladi‖. 
Eukariotlarda ham inisiator kodon metionil t-RNK hisoblanadi, lekin 
prokariotlardagidan farqli u formillanmasdan initsiatsiya omillari el-F-5, el-F-2, el-
F-3, ribosomaning 40 S-subbirligi va m-RNK lar bilan reaksiyaga kirishadi. 
Reaksiya xuddi prokariotdagiday sxema asosida bo‗lib o‗tadi. 
Mitoxondriya va xloroplastlarda peptidlarning sintezi xuddi prokariotlardagi 
kabi sodir bo‗lib, initsiatsiya formilmetionil-t-RNK yordamida amalga oshadi. 
Shunday qilib, initsiatsiya bosqichida polipeptid zanjirni sintez qilish uchun kerakli 
barcha ―jihozlar‖ yig‗iladi. Yangi zanjirlarning sintezini initsiatsiyasi uchun 
initsiatsiya omillari qayta-qayta ishlatiladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin