Biokimyo va molekulyar biologiya


 Oqsil sintezining terminatsiyasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

14.9.1.4. Oqsil sintezining terminatsiyasi. 
Oqsil sintezining tugashi terminatsiya tripletlari UAA, UAG, UGA lar 
ishtirokida yuz beradi. Shu sababli ularni 
terminatorlar
deb nomlanadi. Ular m-
RNK ning qaysi qismida uchrashidan qati‘y nazar oqsil sintezini tugashiga olib 
keladi. Terminatsiya jarayonida oqsil omillari ishtirok etadi. E.coli da bu RF-1 va 
RF-2 oqsil omillari bo‗lib, ularning birinchisi UAA va UAG kodonlarini, 
ikkinchisi esa, UAA va UGA kodonlarini ―taniydi‖. Oqsillarning terminatsiya 
omillari terminatsiya kodonlari bilan bog‗lanib, zanjirning uzayib davom etishiga 
chek qo‗yadi. Keyin RF-3 omili RF-1 va RF-2 omillari bilan ta‘sirlanib polipeptid 
zanjirni eng oxirida joylashgan t-RNK dan xalos qiladi. Terminatsiya kodonlari va 
oqsil omillari ribosomalarning 50 S-subbirligidagi peptidilesteraza faolligiga ega 
bo‗lgan oqsillarini initsirlaydi, bunda peptid ham, RNK ham ribosomani tark etadi. 
Terminatsiya paytida yana bir molekula GTF parchalanib GDF va ortofosfat 
kislotani hosil qiladi. Eukariotlarda ham oqsil sintezi terminatsiyasini 
prokariotlardagiga o‗xshash kodonlar kodlaydi, bu jarayonda-oqsil tabiatli 
terminatsiya omili eRF ishtirok etadi. Bundan keyin ribosoma subbirliklarga 
dissotsiatsiyalanadi. 
Oqsillarni sintezlovchi tizimning barcha bo‗shagan tarkibiy komponentlari 
(ribosomal subbirliklar, t-RNK, translatsiyaning oqsil omillari) keyingi sintez 
sikllarida qaytadan yana ishlatiladi. Oqsil sintezi reaksiyalari konveyer lentasi 
singari davom etadi, ular sinxronlashgan, bu esa maksimal tezlik va samaradorlikni 
ta‘minlaydi. Deyarli har doim bir nechta ribosomalar bir m-RNK molekulasida 
translatsiyani amalga oshiradi, ya‘ni bunda poliribosomalar yoki polisomalarni 
hosil qiladi. Hujayra darajasida sodir bo‗ladigan oqsil biosintezi jarayonini 
umumlashtirilganda, aytish mumkinki, bu jarayon uchun juda ko‗p miqdorda 
energiya kerak bo‗ladi. Bir molekula ATF har bir aminokislotani faollashtirilishi 
va aminoatsil-t-RNK ni hosil bo‗lishi uchun sarflanadi. Yuqori energiyali 
birikmaning ikkinchi molekulasi GTF bo‗lib, u aminoatsil-t-RNK ning ribosomaga 
bog‗lanishi uchun sarflanadi. Uchinchi makroerg, GTF elongatsiya bosqichida 
translokatsiya uchun sarflanadi. To‗liq sintezlangan oqsil molekulasini inisiatsiyasi 
va terminatsiyasi uchun qo‗shimcha makroerg birikmalar talab qilinadi. Shunday 
qilib, bitta bog‗lanishni sintezi uchun ATF ning bir nechta ekvivalenti sarflanadi. 
Oqsillarni biosintezi jarayonida hammasi bo‗lib 200 ga yaqin makromolekulalar 
qatnashadi. Ular orasidan 100 ga yaqini aminokislotalarning faollashuvi va 
ularning ribosomaga ko‗chirilishida qatnashadi, 60 dan ziyodrog‗i ribosoma 
tarkibiga kiradi, 10 ga yaqini ribosomada bo‗lib o‗tadigan jarayonlarda ishtirok 


303 
etadi. Quyida oqsillar sintezi bosqichlari va bu jarayonni amalga oshishi uchun 
kerakli komponentlar keltirilgan:

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin