304
(kollinear) bo‗ladi, ya‘ni nuklein kislotalarining nukleotidlarini ketma-ketligi
polipeptid zanjirdagi aminokislota qoldiqlarini joylashuv tartibi aniq belgilangan.
Binobarin, monomerlar (nukleotidlar va aminokislotalar)ning kimyoviy tabiati bir-
biridan tamoman farq qiladi, demak, ular bir-biri bilan bevosita ta‘sirlana olmaydi.
Buni ustiga nuklein kislotalar tarkibida bor-yo‗g‗i 4 ta nukleotid, oqsillar tarkibida
esa 20 ta aminokislota bo‗ladi. Oqsillarni ―alfaviti‖da 20 ta ―harf‖ bo‗lgan ipsimon
tuzilishga ega matn sifatida tasavvur qilish mumkin. Bu matn esa boshqa DNK
ning 4 ta ―harfli‖ matni yordamida yozilgan desa bo‗ladi. Demak, har bir
aminokislota uchun DNK molekulasida alohida kodon mavjud. Bunda, har bir
molekula aminokislota bitta yoki undan ortiq nukleotid tomonidan kodlanadi. Agar
har bir aminokislota uchun ikkita nukleotiddan iborat deb faraz qilinsa, unda jami
4
2
=16 xil nukleotid bo‗lish imkoniyati bo‗lib, bu miqdordagi nukleotidlar 20 ta
aminokislota uchun kamlik qilgan bo‗lardi. Uch nukleotidli kombinatsiyani
hisobga olinsa, 4
3
=64 ta kodonning bo‗lishi mumkinligini ko‗rsatadi. Shunday
qilib, aytish mumkinki, tripletli kod tabiiy oqsillar tarkibida uchrovchi
aminokislotalarni kodlash uchun yetarli ekan. Bu yo‗nalishda M.Nirenberg va
I.Mattenlarning olib borgan tadqiqiqotlari (1961) alohida e‘tiborga molikdir. Bu
olimlar kodonlarning kimyoviy tarkibini aniqlash imkonini beruvchi uslublarni
ishlab chiqdilar. Ular birinchi bo‗lib ikkita kodonni aniqlab berdilar. Bu
olimlarning probirkalarga E.coli ribosomalari, 18 xil aminokislotalar va oqsillar
biosintezi uchun zarur bo‗lgan komponentlarni kiritish yo‗li bilan poliuridin
kislotasi (RNK-simon polimer) yordamida olib borgan tajribalari oqsillar
biosintezini o‗rganishda muhim ixtiro sifatida tan olinadi. Tajribadan ma‘lum
bo‗ldiki, har bir probirkada 18 ta aminokislotadan faqat bittasi ―nishonlangan‖ edi.
Bu tizimda kislotada erimaydigan faqat fenilalanindan tashkil topgan mahsulot
(polipeptid) hosil bo‗ladi. Shunday qilib, aytish mumkinki, fenilalanindan tashkil
topgan polifenilalanin polipeptidini hosil bo‗lganligi, UUU tripleti fenilalanin
aminokislotasini kodi ekanligini isbotlaydi. Biroz keyinroq M.Nirenberg va
I.Mattenlar tajriba asosida SSS tripleti prolinning kodi ekanligini isbotladilar.
Keyinchalik M.Nirenberg, S.Ochoa va hammualliflar kodlarni aniqlash bo‗yicha
poliribonukleotid-fosforilaza fermenti yordamida sintezlangan tarkibi aniq bo‗lgan
poliribonukleotidlardan foydalanib noyob tadqiqotlarni amalga oshirdilar. Shunday
qilib, 70 yillarda genetik ―lug‗at‖ni to‗liq aniqlashga erishildi (19-jadval).
Genetik kod bir ma‘noli bo‗ladi, ya‘ni har bir kod faqat bitta aminokislotani
kodlaydi. Bu qonuniyatdan initsiatsiya kodonlari AUG va GUG lar mustasno.
AUG translatsiyani boshlanishida kelsa, u pepdidilmetioninni, zanjirning o‗rtasida
kelganda metioninni kodlaydi, GUG esa valinni kodlaydi. Shu bilan birgalikda
genetik kod cheklanish alomatlariga ega, ya‘ni bitta aminokislotaga bir necha
kodonlar mos kelishi mumkin. Masalan,
Dostları ilə paylaş: