306
mumkin. Masalan, U bilan A yoki G juftlansa, G esa U yoki S bilan juftlashuvi
mumkin. Shunday qilib, uchinchi nukleotid kamroq ahamiyatga ega va u
tebranuvchi tavsifga ega bo‗ladi. Genetik kodning muhim xususiyati to‗siqsizligi
va uning alohida tripletlarini daxlsizligi hisoblanadi. Kodning o‗ziga xos muhim
xossalaridan biri, uning universalligidir. Kod evolyutsion rivojlanishning har xil
bosqichlarida bo‗lgan organizmlar: odam, hayvonlar, o‗simliklar, bakteriyalar,
viruslarda, asosan bir xil bo‗ladi. Shu sababli E.colining ribosomalari va t-RNK si,
masalan, gemoglobin sintezini kodlovchi m-RNK zanjiri translatsiyasini amalga
oshirishi va natijada to‗la qimmatli gemoglobinni sintezlashi mumkin. Kodning
universalligi tufayli gen muhandisligiga oid imkoyatlarning mavjudligi ma‘lum
bo‗ldi. Kodning universalligi uni kelib chiqishini qay darajada qadimliligini,
shuningdek, uning konservativligini ko‗rsatadi va unga muvofiq ravishda uzoq
muddatli evolyutsiya jarayonida ham metabolizmning muhim xususiyatlarini
saqlanib kelayotganidan dalolat beradi. Xilma-xil organizmlarda kechadigan
genetik jarayonlarning o‗xshashliklari barcha tirik mavjudotlarning paydo
bo‗lishida umumiylik borligidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: