40
% gagina spirallangan bo‗ladi. Shunday qilib, ikkilamchi strukturaning
barqarorligi,
asosan, vodorod bog‗lari hisobiga ta‘minlanadi. Vodorod bog‗lari
nokovalent bog‗ bo‗lib, uni barqarorligi juda past bo‗ladi. Vodorod bog‗larining
vujudga kelish mexanizmini ikki molekula suvning o‗zaro ta‘sirlanishi (dipol)
misolida ko‗rsatish mumkin. Odatda, suv dipolida musbat zaryadlarning ortiqcha
miqdori vodorod atomlari bilan, manfiy zaryadlarning ortiqcha miqdori esa
kislorod atomi bilan bog‗lanadi. Ikki molekula suvning tegishli tarzda
yaqinlashuvida vodorod atomini xossasiga muvofiq bir molekula suvning kislorodi
bilan ikkinchi suv molekulasining vodorodi o‗rtasida o‗zaro elektrostatik
ta‘sirlanish yuz beradi. Buning oqibatida har bir suv molekulasidagi vodorod va
kislorod o‗rtasidagi bog‗lanishlar susayadi hamda bunga mos holda birinchi
molekula suvning vodorodi bilan ikkinchi molekla suvning kislorodi o‗rtasida
kuchsiz bog‗lanish paydo bo‗ladi. Bu kuchsiz bog‗lanishni
Dostları ilə paylaş: