41
Oqsillarning uchlamchi strukturasi.
Oqsillarning uchlamchi strukturasi
deganda polipeptid spiralining makonda joylashishi yoki polipeptid spiralning yoki
polipeptid zanjirning tegishli hajmdagi makonda ma‘lum tartib asosida taxlanishi
tushuniladi.
Birlamchi strukturani spiral tiplari ham yoki polipeptid zanjir spirallarning
yig‗indisi va polipeptid zanjirning chiziqli qismlari ham, bu zanjirning hajmi va
shakli haqidagi tasavvurni shakllantira olmaganligi sababli, tadqiqotchilar oldida
oqsillarning uchlamchi konfiguratsiyasini aniqlash yaqin davrlargacha muammo
bo‗lib keldi. Bu muammolarni yechimini topishda yuqori darajadagi tahliliy
imkoniyatga ega bo‗lgan rentgen tuzilmaviy tahlil uslubi muhim ahamiyatga ega
bo‗ldi.
So‗nggi olti o‗n yillikda, rentgen tuzilmaviy tahlil uslubining
imkoniyatlaridan foydalanib, 450 dan ziyod oqsillarning uchlamchi strukturalari
aniqlandi, ular jumlasiga: gemoglobin, pepsin, ximotripsin, ribonukleaza, lizosim,
tripsin
va
uning
ingibitori,
odam
immunoglobulinini
fragmentlari,
karboangidrazasi, aspartataminotransferazasi, insulini va qator oqsillar kiradi.
Rentgen nurlarini difraksiyasiga asoslangan yangi uslublar 160 ga yaqin
fermentlarning kristall strukturalarini aniqlash imkonini berdi. Uchlamchi
strukturalarni stabillashda nokovalnt bog‗lanishlar: elektrostatik o‗zaro ta‘sirlar,
vodorod bog‗lari, qutbsiz guruhlarning o‗zaro gidrofob ta‘sirlanishlari, dipol-dipol
o‗zaro ta‘sirlanishlar, disulfid bog‗lar va boshqalar qatnashadi (2-rasm).
Dostları ilə paylaş: