Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

sekretin
va 
gastrinn
i qayd etish lozim. 
Sekretin
27 ta aminokislotaning qoldiqlaridan tashkil topgan. Bu gormon 
oshqozonosti bezi shirasini, qisman o‗tni, ichak shirasining ajralishini stimullaydi,
gastrinni ajralishiga to‗siq bo‗ladi. 
Gastrin
oshqozon shilliq qavati tomonidan ishlab chiqariladi, me‘da shirasi 
va xlorid kislotasining sekretsiyasini stimullaydi. Bundan tashqari, gastrin 
funksiyasi jumlasiga glukagon va insulin sekretsiyasini stimullash, oshqozon va 
ingichka ichakning qisqartiruvchi mushaklarining tonusini oshirish ham kiradi.
Qon zardobini 
alfa-2-globulin fraksiyasi
manba bo‗lib xizmat qiladigan 
peptid-
angiotenzin
: H-Asp-Arg-Val-Tir-Ile-Gis-Pro-Fen-H tarkibli oktapeptid 
hisoblanadi. Bu guruhga bradikininni ham kiritish mumkin, u: H-Arg-Pro-Pro-Gli-
Fen-Ser-Pro-Fen-Arg-H tarkibli nonapeptiddir. Ushbu peptidlar kapillarlarning 
o‗tkazuvchanligini oshiradi, tomirlarni qisqartiruvchi va og‗riqni kuchaytiruvchi 
ta‘sirga ega. 
Qator neyropeptidlar, xususan, 
endorfin 
va 
enkefalinlar
, o‗rganilgan, ular 
og‗riqni qoldiradi va ularning bu xususiyati, hatto morfinga nisbatan minglab 
marotaba kuchli ekanligi ma‘lum. Bu opioid peptidlar ‒ markaziy asab tizimi 
(MAT)ning qator bo‗limlarida asab impulslari uzatilishini modullovchi ta‘sirga ega 
bo‗lgan neyropeptidlar guruhiga kiradi. 
Ularning ta‘sir etish retseptorlari 
opiat
(masalan, morfin) va ularga yaqin 
bo‗lgan birikmalarnikiga o‗xshash bo‗ladi. Eng ko‗p sonli endopioid retseptorlar 
talamus, gipotalamus, neyrogipofiz va markaziy asab tizimining boshqa qator 
qismlarida topilgan. Opioid peptid retseptorlari periferik asab tizimida ham 
mavjud.
Opioidlar og‗riqni his qilish, gormonlar ta‘sirida moddalar almashinuvi 
jarayonlarini tartibga solish, yurak-qon tomir faoliyati, stress reaksiyalari va 
boshqa qator fiziologik funksiyalarni boshqarilashiga ta‘sir qiladi. Masalan, igna 
bilan davolash (akupunktur analgeziya)da orqa miya suyuqligidagi opioidlarning 
miqdori ortadi, bu esa davolash jarayonida tizimning faollashuvidan dalolat beradi. 
Opioid peptidlar his-tuyg‗u va xulq-atvor tabiatiga ma‘lum darajada ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Hozirgi kunda bir necha o‗nlab opioid peptidlarning mavjud ekanligi ma‘lum. 
Ularning vakillari: alfa-beta- va gamma-endorfinlar, alfa- va beta-neoendorfinlar, 
dinorfin, pentapeptidlardan metionin-enkefalin va leysin-enkefalinlar hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilgan funksiyalardan tashqari, peptidlar juda qiziqarli va muhim 
boshqa funksiyalarni ham bajaradilar. Uyquni boshqarish uchun javob beradigan 
peptid tabiatli gormonlar borligi aniqlandi. Ba‘zi maxsus peptidlar, ehtimol, xotira 
hodisalarida, shartli reflekslarning hosil bo‗lishida ishtirok etadigan moddalar 


50 
hisoblanadi. Uzoq muddatli xotiraning shakllanishi, saqlanishi neyronlarda ma‘lum 
peptidlarning sintezi bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. Hozirgi kunda tabiiy peptidlar 
tadqiqotchilar e‘tiborini o‗ziga jalb qilmoqda, chunki ulardan amaliy tibbiyotda 
dori-darmonlar sifatida foydalanish maqsadida, ularni ajratish, kimyoviy tuzilish
funksiyasi, kimyoviy biosintezi jihatlarini o‗rganish bo‗yicha tadqiqotlar olib 
borilmoqda.
Tabiiy peptidlar jumlasiga

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin