Xlorofill magniy-porfirin oqsil bilan birgalikda suv molekulasini vodorod va
kislorodga
parchalab
o‗simliklarning fotosintetik faolligini ta‘minlaydi,
temirporfirinli gemproteinlar unga teskari bo‗lgan reaksiyani, ya‘ni energiyani
ajralishi bilan bog‗liq bo‗lgan suv molekulasini hosil bo‗lish reaksiyani
katalizlaydi.
Gemproteinlar. Ularga gemoglobin va uning hosilalari, mioglobin, xlorofill
tutuvchi oqsillar va ferment (sitoxrom tizim to‗lig‗icha, katalaza, peroksidaza)lar
kiradi. Bu birikmalar tarkibidagi nooqsil tabiatli komponent temir yoki magniy
hisoblanadi va ularning oqsillarini tarkibi va strukturasi har xil bo‗ladi, shu tufayli
ular xilma-xil biologik funksiyalarni bajarilishini ta‘minlay oladi.
Gemoglobin. Bu murakkab oqsilning oqsil komponenti sifatidagi qismi
globindan va nooqsil qismi gemdan tashkil topgan. Gemoglobinning turga oid
farqli jihatlari globinga bog‗liq, binobarin gemning tuzilishi hamma turlarda bir xil
bo‗ladi. Ko‗p gem tutuvchi oqsillarning prostetik guruhlarining strukturasi asosida
porfirin halqa bo‗lib, u porfirinning tetrapirrol birikmasi hisoblanadi. U to‗rtta
pirrol halqadan tashkil topgan va tuzilishi quyidagicha:
Bu halqalar o‗zaro bir-biri bilan metin (-CH=) ko‗priklari yordamida birikadi
va porfin hosil qiladi. Porfin o‗ziga to‗rtta metil (CH
3
) guruhi, ikkita vinil (–
CH=CH
2
), ikkita propion kislota (CH
3
-CH
2
-COOH) qoldig‗i qo‗shib olib
protoporfirin IX ga aylanadi (4-rasm).
4-rasm. Protoporfirin IX ning tuzilishi . 1-3-5-8-tetrametil, 2-4-divinil 6-porfin, 7-dipropionat
52
Protoporfirin IX ga temir birikadi va gem hosil bo‗ladi (5-rasm).