Biokimyo va molekulyar biologiya


minor  komponentlar mavjudligi tufayli yuz beradigan  geterogenlik



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

minor 
komponentlar mavjudligi tufayli yuz beradigan 
geterogenlik
, bunda: agar gemoglobinning asosiy me‘yoriy shakli (HbA) ikkita 
alfa- va ikkita beta- zanjirlardan iborat bo‗lsa, unda minor gemoglobin (Hb)da 
beta-zanjir o‗rnida ikkita sigma-zanjir bo‗lib, u beta-zanjirdagidan o‗nta 
aminokislota qoldig‗i bo‗yicha farqlanadi.
2. 
Genetik geterogenlik: 
voyaga yetgan odamlarda gemoglobinlarning 
genetik determinlangan variantlari 300 xilgacha bo‗lishi mumkin. Ularning 
ko‗pchiligi me‘yoriy hisoblanib, ba‘zilari kasallik sabablari bo‗lishi mumkin. 


54 
3. 
Embrional geterogenlik
: ikki xil fraksiya tarzida uchraydi, ulardan 
asosiysi HbF (fetal gemoglobin) bo‗lib, u ―soda‖ (―primitive‖) gemoglobin deb 
yuritiladi. Me‘yor chegarasida bo‗lganda, tug‗ilish paytida bu gemoglobin umumiy 
gemoglobin (Hb)ning 60-70 %ni tashkil qiladi. Yosh kattalashgan sari HbFning 
miqdori kamayib boradi, voyaga yetgan odamlarda u bo‗lmaydi. 
Gemoglobin subbirliklarining birlamchi tuzilmalarini o‗rganishga bo‗lgan 
qiziqish tadqiqotchilarni anomal deb nomlangan gemoglobinlarning strukturasini 
aniqlashga yo‗naltirdi. Odamlarning qonida, umuman olganda, gemoglobinlarning 
150 ga yaqin mutant tiplari uchraydi. Qonda bu gemoglobinning xillari genlarning 
mutatsiyasi tufayli paydo bo‗ladi.
Shakli, kimyoviy tarkibi va zaryadi bo‗yicha farqlanadigan anomal 
gemoglobinlar elektroforez va xromatografiya uslublari yordamida ajratib olindi. 
Ular orasida shakli, kimyoviy tuzilishi va zaryadi bo‗yicha me‘yoriy 
gemoglobinlardan farq qiluvchi anomal gemoglobinlarning borligi aniqlandi. 
Ko‗chirilayotgan irsiy axborotning o‗zgarishi ko‗pincha yagona triplet 
(uchlik)ning mutatsiyasi tufayli sodir bo‗ladi, bu gemoglobinning polipeptid 
zanjirida u yoki bu aminokislotani boshqasiga almashinishiga olib keladi.
Ko‗p hollarda nordon aminokislotalarning ishqoriy yoki neytral aminokislota 
bilan almashinuvi va bu almashinuvning har ikkala polipeptidning ham alfa-, ham 
beta-zanjirlarida sodir bo‗lishi tufayli hosil bo‗lgan anomal gemoglobin me‘yoriy 
gemoglobindan farqlanadi. Bu farq gemoglobinning zaryadi bo‗yicha va unga mos 
tarzda elektroforetik harakatchanligida namoyon bo‗ladi (6-jadval). 
Gemoglobinning strukturasi va unga mos holda funksiyasini o‗zgarishini 
keltirib chiqaradigan ba‘zi mutatsiyalar o‗limga olib kelishi mumkin va 
gemoglobinning bu xildagi o‗zgarishi bilan tug‗ilgan chaqaloqlar yoshligidayoq 
nobud bo‗ladilar.
 
6-jadval. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin