Biokimyo va molekulyar biologiya


-5,5% ni, ayol sutida esa  5,5-8,4% ni tashkil qiladi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

4-5,5% ni,
ayol sutida esa 
5,5-8,4% ni tashkil qiladi. 
Yuksak 
o‗simliklarda laktoza kam uchraydi, ba‘zi o‗simliklarning changdon naychalarida 
topilgan.
Laktoza
 (
β
-D-galaktopiranozil-(1→4) -
α
-D-glukopiranoza) 
Qaytarmovchi disaxaridlar tarkibida erkin glukozid gidroksil yo‗q va ular 
mutarotatsiya qobiliyatiga ega bo‗lmaydi. Buni glukozid bog‗lanish uchun 
yarimatsetal gidroksilning glukozid bog‗ hosil qilish uchun sarflanganligi sababli 
yuz beradi deb tushintirish mumkin.
Saxaroza'>Saxaroza 

(alfa-D-glukopiranozil-(1→2)-beta-D-fruktofuranozid) 
– 
o‗simliklarda juda ko‗p uchraydi. U o‗simliklarning barglari, poyasi, ildizlari, 
mevalari, tuganaklarida bo‗ladi. Shakar qamishi, qand lavlagisi kabi o‗simliklarda 
yig‗iladi va bu o‗simliklar saxarozani sanoat miqyosida olish uchun xomashyo 
vazifasini bajaradi.
Saxaroza
 (
α
-D-glukopiranozil-(1

2)-
β
-D-fruktofuranoza) 
Tregaloza 
– (α-D-glukopironozil-(1→1)-α-fruktofuranozid) zamburug‗lar, 
suv o‗tlarida uchraydi. Bu disaxarid ko‗p hasharotlar gemolimfasining karbonsuvi 
hisoblanadi. 
Trisaxaridlardan tabiatda 
raffinoza, gentsianoza
va 
meletsitozalar 
uchraydi. 
Bu trisaxaridlar o‗simliklarda zaxira karbonsuv sifatidagi vazifani, ba‘zi 


124 
o‗simliklarda shakarlarning transport shakli (raffinoza) vazifasini bajaradi yoki 
ular o‗simlik bitlari va boshqa o‗simlik barglarining so‗ruvchi hasharotlarini 
ekskretlari (meletsitoza) hisoblanadi. Raffinoza g‗o‗za chigiti tarkibida uchraydi.
 
7.4.2. Polisaxaridlar
Tabiatda karbonsuvlarning asosiy massasi yuqori molekulyar birikmalar-
polisaxaridlar 
tarzida 
uchraydi. 
Ular 
gomopolisaxaridlarga 
va 
geteropolisaxaridlarga 
bo‗linadi. 
Ularning 
birinchilari 
bir 
xil 
tipdagi 
monosaxaridlardan tashkil topgan bo‗lsa, ikkinchilari ikki yoki undan ziyod tipdagi 
monosaxaridlardan tashkil topadi. Polisaxaridlarni organizmda bajaradigan 
biologik funksiyasiga bog‗liq holda zaxiraviy va strukturaviy xillarga ajratiladi. 
Shuningdek, polisaxarid zanjirining glukozid bog‗lari tavsifiga qarab ipsimon va 
tarmoqlangan (shoxlangan) polisaxaridlarga bo‗lish mumkin.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin