Biokimyo va molekulyar biologiya


Kraxmal.  Kimyoviy jihatdan individual modda emas, u



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 Kraxmal. 
Kimyoviy jihatdan individual modda emas, u
 
96,1 97,6 % 
polisaxarid (amiloza va amilopektin)dan 0,2 dan 0,7 % gacha mineral 
moddalardan, asosan fosfatlar tashkil topgan. Kraxmalning umumiy formulasi 
(C
6
H
10
O
5
)
n
.
Kraxmal tarkibi 10-30 %- amilozadan va 70-90 % -amilopektindan 
tashkil topgan.
Kraxmalning amiloza qismi glyukoza molekulalarini ipsimon tarzda α-1,4- 
bog‗lari yordamida birikishidan hosil bo‗ladi: 
Amilaza molekulasi 
 
Amilopektinning shoxlanishi ancha murakkab tuzilishga ega, unda 1-, 4-
bog‗lar qatori, zanjirlararo α-1,6- bog‗lar ham uchraydi:
Amilopektin molekulasi 


125 
Odatda, amiloza molekulasida 1000 ga yaqin glyukoza qoldiqlari bir-biri 
bilan birikkan bo‗ladi, amilopektinning alohida olingan molekulasi xuddi shu 
xildagi birliklarning yigirma-o‗ttiztasidan tashkil topgan. Kraxmalning molekulyar 
massasi 10
5
-10

Da ga teng. Qisman gidrolizlaganda kraxmal: amilo-, eritro-, axro- 
va maltodekstrinlargacha parchalanadi. Gidrolizni davom ettirilsa, u maltoza va α-
D-glyukozagacha parchalanadi. Kraxmal odam uchun eng muhim ovqat mahsuloti 
hisoblanadi, uning bug‗doy uni tarkibidagi miqdori 75-80 %ni, kartoshka 
tuganagida esa 25 % ni tashkil qiladi. 
Glikogen 
odam va hayvonlarning eng muhim energetik zaxirasi hisoblanadi. 
Uning miqdori 
jigarda (10 % gacha) 
va 
mushakda (0,4-2,0 %) 
eng ko‗p 
bo‗ladi. U shuningdek, zamburug‗larda, ba‘zi yuksak o‗simliklarda (makkajo‗xori) 
va mikroorganizmlarda uchraydi. Glikogen α-D-glukopiranoza qoldiqlaridan 
tashkil topgan shoxlangan polimer bo‗lib, uning ipsimon qismlari α-1,4-
bog‗lardan, shoxlangan qismlari esa – α-1,6- bog‗lardan tashkil topgan bo‗ladi. 
Amilopektindan farqli o‗laroq amilopektindagi shoxlangan tarmoqlar nuqtasi 
o‗rtacha har 20 ta glyukoza qoldig‗dan keyin kelsa, glikogenda α-1,6-tipdagi 
bog‗lanish har 8-12 ta glyukoza qoldig‗idan keyin keladi. Glikogen molekulasini 
yuqori darajada shoxlanishi uning kompaktligini ham ta‘minlaydi (20-rasm).

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin