Biokimyo va molekulyar biologiya


 Karbonsuvlarning oraliq almashinuvi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

7.5.4. Karbonsuvlarning oraliq almashinuvi
Organ va to‗qimalar hujayralarida karbonsuvlar xilma-xil almashinuv 
jarayonlariga jalb qilinadi, buning natijasida energiya va oxirgi parchalanish 
mahsulotlari sut kislotasi, CO

va suv hosil bo‗ladi. Qator holatlarda parchalanish 
jarayoni oraliq mahsulotlar hosil bo‗lish bosqichida to‗xtaydi, bu mahsulotlar 
boshqa jarayonlarni sodir bo‗lishi uchun xomashyo sifatida xizmat qiladi. Masalan, 
pirouzum kislota alaninga, fosfoglitseraldegidga, shuningdek, nuklein kislotalar va 
h.k.larni tarkibiga kiradigan pentoza (riboza va dezoksiriboza)larni va yog‗larni 
sintezi uchun xizmat qiluvchi oraliq mahsulotlarga aylanishi mumkin. 
Karbonsuvlarning hujayralardagi almashinuvi kislorodning miqdori yetarli bo‗lgan 
sharoitda bo‗lishi mumkin va buni karbonsuvlarning 
aerob oksidlanishi
deb 
yuritiladi. Shuningdek, bu jarayon kislorod etishmasligi sharoitida bo‗lishi 
mumkin, ya‘ni bu 
anaerob oksidlanish
yo‗lidir. Organizmda bu ikki jarayonni 
amaliy jihatdan bir-biridan ajratib bo‗lmaydi, chunki qisqa vaqtda hujayraning 
kislorod bilan ta‘minlanishi o‗zgarishi mumkin. Bu jarayonlarni o‗rganishni 
osonlashtirish uchun alohida-alohida ko‗rib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
 
 
7.5.5. Glyukozani anaerob parchalanishi 
Karbonsuvlarning anaerob parchalanishi glyukozani parchalanishidan 
glikolizdan 
ham, glikogenning parchalanishidan – 
glikogenolizdan 
ham 
boshlanishi mumkin. Bu tipdagi parchalanish asosan mushaklarga xos. Anaerob 


132 
glikoliz – kislorod ishtirokisiz to‗qimalarda kechadigan aralash fermentativ jarayon 
hisoblanadi. Karbonsuvlarning anaerob parchalanishini mohiyati faollashgan 
glyukoza (fosfoglyukoza)ning ikki molekula sut kislotagacha parchalanishidir. Bu 
jarayon natijasida hosil bo‗lgan energiya issiqlik tarzida qisman sarflanadi, qisman 
ATF tavsifidagi makroergik birikma tarzida yig‗iladi. Glikolizda 2 molekula, 
glikogenolizda – 3 molekula ATF hosil bo‗ladi. 
Glikogenoliz fosforilaza fermenti ta‘sirida glikogendan bir molekula 
glyukozani glyukoza-1-fosfat ko‗rinishida uzilishidan boshlanadi, u keyinchalik 
izomerlanib, glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Glikolizda glyukoza geksokinaza 
fermenti yordamida ATF ishtirokida (energiya manbayi sifatida) glyukoza-6-
fosfatga aylanadi:
Geksokinaza 
Glyukoza + ATF
Glyukoza-6-fosfat + ADF + H
2

Glikoliza va glikogenolizning bir-biridan faqat boshlang‗ich bosqichlarda
ya‘ni glyukoza-6-fosfat efiri hosil bo‗lgunga qadar farqlanadi, undan keyin bu ikki 
jarayon bir xil davom etadi. Keyinchalik glyukoza-6-fosfat fruktozo-1,6-difosfatga 
aylanadi, u aldolaza fermenti ta‘sirida 2 molekula trioza-fosfoglitserin aldegidi va 
fosfodioksiatsetongacha parchalanadi. Organizmda fosfodioksiatseton osongina 
fosfoglitserin aldegidiga aylanadi. Shunday qilib, parchalanishning keyingi 
bosqichlarida 2 molekula fosfoglitserin aldegidning parchalanishi haqida so‗z 
yuritiladi.
Yuqorida qayd etilganidek, glikoliz (yunoncha, ―glyzys‖ – ―shirin‖ va
―lysis‖ – ―erish‖, ―parchalanish‖) glyukozani almashinuviga oid ketma-ket 
kechadigan murakkab fermentativ jarayon bo‗lib, u odam va hayvonlar organizmi 
to‗qimalarida kislorod ishtirokisiz 2 molekula sut kislotasi hosil bo‗lishi bilan 
o‗tadigan reaksiyadir.
Anaerob sharoitlarda hayvon organizmi uchun energiya yetkazib beradigan 
jarayon-glikolizdir. Aynan shu glikoliz jarayoni mavjudligi tufayli odam va 
hayvon organizmida kislorod tanqisligi sharoitlarida ma‘lum pallalarda qator 
fiziologik funksiyalarni amalga oshirilishi ta‘minlanadi. Glikoliz kislorod 
ishtirokida yuz berganda, buni 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin