Biokimyo va molekulyar


O‘simlik hujayralari muhandisligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/123
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176362
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123
6402c353af10c 1. Biokimyo va molekulyar biologiya (2-qism) (darslik) compressed (1)

O‘simlik hujayralari muhandisligi
O‘simlik hujayr
asi orqali in vitro sharoitida yaratilgan biologik tizim
shakllangan o‘simlikning ayrim
belgilarini o‘zida saqlaydi.
Bunday sun’iy bioiogik tizimning ikki xili mavjud: biri kallus 
ko'rinishida b
o‘
lib, ikkinchisi esa hujayralaming suspenziya holatidadir. 
Kallus 
geterogenli 
bo‘lib, 
differensiyalanmagan 
hujayralaming 
yig‘indisidir. Mazkur massa
, t
o‘liq o‘simlikka o‘xshash ayrim metabolitlaming 
sintezlash faoliyatiga ega. 
Hujayralaming suspenziyasi kallusga nisbatan gomogen bo‘lganligi 
uchun tezroq o‘sish va muhitga moslashish qobiliyati yuqori bo‘ladi. 
Hujayraning alohida o‘simlikka aylanishi u 
uchun juda kuchli stress omili desa 
bo‘ladi. Bu jarayonda hujayra metabolizmining ko‘p tomonlari o‘
zgarishga 
yuz tutadi. Birinchi navbatda mazkur tizim genomning funksional qirralari 
o‘zgaradi. Yashashga moslashuvchi genlar faollansa, hujayralaming 
differensirovkasi uchun javob beradigaa genlar repressiyalanadi.
Hujayralar majmuasining bunday holati mikrob hujayrasiga nisbatan 
metabolitlami ko‘proq sintezlaydi. O‘simlik hujayralarining kallus holati 
genetik va biokimyoviy tadqiqot izlanishlari uchun ajoyib modeldir. Masalan, 
to‘liq o'simliklarda individual oqsillaming sintezi va ulaming stabilligini 
kuzatish juda murakkab bo‘lib, hujayra ekmasida bunday ilmiy ishlarni 
osonlik bilan bajarish mumkin. Hujayralaming to‘plami bo‘
lgan ekmada ilmiy-
amaliy ishlar olib boriladi. 


158 
40-rasm. 
O‘
simlikni in vitro usulida k
o‘
paytirish. 
Protoplastlaming 
qo‘shilishidan 
hosil 
bo‘ladigan 
o‘simlik 
regenerantlarini tayyorlash mumkin. O‘simlik hujayra qobig‘ini ferment 
yordamida gidrolizlab, “kiyimsiz” hujayra yoki protoplastlar
i ajratiladi. 
“Tashqi qobig‘i” yo‘q hujayralarni bir
-
birlari bilan qo‘shilishini, o'simlik 
hujayralarining bunday qo‘shilishi hayvon hujayralarining qo‘shilishiga 
o‘xshasa ham, biroq jiddiy farqlar mavjuddir. Hayvon hujayralari qo'shilsa, 
yangi hujayra hos
il bo‘ladi, o'simlik protoplastlari qo'shilishidan ham gibrid 
hujayra hosil bo‘lib, so‘ng o'simlik shakllanadi. Paraseksual gibridlanish 
asosida 
filogenetik 
bir-
biridan uzoq, jinsiy yo‘l bilan chatishtirib 
bo'lmaydigan, o‘simlik turlarini gibridlash mumkin
. Mazkur usul orqali 
gibridlanayotgan ikki tur o'simliklaridagi genlarni har xil variantlarda 
o‘zgartirish mumkin.
Ikki 
xil 
protoplastlarni 
qo‘shilishini 
ta’minlaydigan 
induktor 
polietilenglikol yoki o‘zgaruvchan elektr maydoni bo‘
lishi kerak. 
Aralashma oynaga tomizilib, 15-
20 daqiqadan keyin qo‘shilgan 
aralashma ajratilib, maxsus ozuqali muhitda o‘stiriladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng, 
hujayra qobig‘i regeneratsiyaga uchrab, u gibridga aylanadi.


159 
Shunday somatik gibridlardan birlamchi va ikkilamchi metabolitlami 
ajratish mumkin. Birlamchi metabolitlardan amaliyot uchun o‘simlik 
fermentlari katta ahamiyatga ega. 
O‘simlik fermentlarining ba’zilari mikroorganizm fermentlariga nisbatan 
kam toksik xususiyatga ega bo‘lib, toza holda bo‘lmasa ham sanoat va 
tibbiyotda ish
latish mumkin. O‘simlik hujayralari turli metabolitlami 
sintezlaydi. O‘simlik hujayralari sintezlaydigan ikkilamchi metabolitlami 
ko‘pchiligini laboratoriya sharoitida sintezlab bo‘lmaydi. Shunday qilib, 
o‘simlik hujayralari tomonidan
sintezlanadigan juda 
ko‘p metabolitlar sanoat 
va tibbiyotda keng ishlatiladi. O
‘simlik hujayralarini klonlash, maqsadga 
muvofiq mutatsiyaga uchatish orqali gen muhandisligi asosida arzon, sifatli,
miqdori ko‘p bo'
lgan metabolitlar olinib, har xil maqsadlarda ishlatilmoqda. 
Ikk
ilamchi modda almashinuvi asosida hosil bo‘ladigan
ko‘pchilik 
mahsulotlar, hozirgi kunda, o‘simlik hujayrasi ishtirokida
laboratoriya va 
sanoat miqyosida ajratib olinmoqda. Jumladan, yurak glikozidlari, steroid, 
alkoloid va boshqa qimmatli dori-darmon yuqorida 
ko‘rsatilgan usul asosida, 
o'simlik 
hujayralaridan 
ajratish 
yo'lga 
qo‘yilgan. Mazkur sohaning 
muammolaridan biri shuki, genetik turg‘un
o‘simlik hujayralarini yaratishdir. 
Ma’lumki, metabolitlar hujayra
shirasida yoki vakuolalarda to‘planadi. Bu 
o'rin
da shuni aytib o‘tish
joizki, hozirgi kunda gen muhandisligi ushbu 
metabolitlarni ajratish, 
tozalash o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega ekanligi bilan 
ancha muammo 
tug‘dirmoqda. O‘simlik hujayralarini genetik transformatsiya 
qilish yaxshi riatijalar bermoqda. Transformatsiyaning mohiyati shundan 
iboratki, protoplastlarga maqsadli genetik axborot kirgizilib, keying bosqichda 
klonlash va regeneratsiya asosida to‘liq o'simlik hujayrasi
hosil qilinadi (gen 
muhandislik texnikasi keyingi bobda yozilgan). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin