Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Interfaza
Profaza
Metafaza
Anafaza
Telofaza
Mitoz jarayoni davomiyligi hujayra turi, yoshi, tashqi muhit sharoitlariga 
bog‘liq. Hujayra bo‘linishi yuqori harorat, radiatsiyaning katta dozasi, narkotik 
moddalar va o‘simlik zaharlari ta’sirida to‘xtashi mumkin.
Mitozning biologik ahamiyati. 
Mitoz natijasida ikkita hujayra hosil bo‘ladi, 
ona hujayrada nechta xromosoma bo‘lsa, ularda ham shuncha xromosoma 
bo‘ladi. Qiz hujayralarining xromosomalari ona hujayra DNKsining aniq 
replikatsiyasidan hosil bo‘lganligi sababli ularning genlari aynan bir xil irsiy 
axborotni saqlaydi. Qiz hujayralar genetik jihatdan ona hujayra bilan bir 
xildir. Shunday qilib, mitoz irsiy axborotni ona hujayradan qiz hujayralarga 
o‘tkazilishini ta’minlaydi. 
Mitoz natijasida organizmda hujayralar soni ortadi, bu esa o‘sish 
mexanizmlarining eng asosiylaridan biridir. O‘simlik va hayvonlarning 
ko‘pgina turlari hujayralarning mitoz bo‘linishi yordamida jinssiz yo‘l bilan 
ko‘payadi, shunday qilib, mitoz vegetativ ko‘payishning asosida yotadi. 
Mitoz barcha ko‘p hujayrali organizmlarda yo‘qotilgan tana qismlarini u 
yoki bu darajada regeneratsiyasini ta’minlaydi. Hujayraning mitoz bo‘linishi 
30-rasm. 
Mitoz bosqichlari.


56
genetik nazorat qilinadi. Mitoz hujayra hayot siklining markaziy qismini 
egallaydi. 
Meyoz. 
Meyoz eukariot hujayralarning o‘ziga xos bo‘linishi bo‘lib, bu 
bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarda xromosomalar soni ikki hissa 
kamayadi. Meyoz ham mitoz singari interfazadan boshlanadi. Interfazada 
xromosomalar ikki hissa ortadi. Meyoz ikkita ketma-ket bo‘linishdan iborat. 
Birinchi – 
reduksion 
(meyoz I) bo‘linishda xromosomalar soni ikki marta 
kamayadi. Ikkinchi 
ekvatsion
(meyoz II) bo‘linishda gaploid xromosomali 
hujayralar hosil bo‘ladi. Reduksion bo‘linish yadroning profaza I dan boshlanib, 
telofaza I gacha davom etadi. Ekvatsion bo‘linish esa profaza II dan telofaza II 
gacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. 
31-rasm. 
Krossingover jarayoni. 1 – xromatidalar; 2 – sentromera; 3 – gomologik 
xromosomalar; 4 – konyugatsiya jarayonida xromatidalar tetradasi; 5 – krossingover 
jarayoni; 6 – krossover xromosomalar.
Profaza I da juft xromatidalardan tuzilgan xromosomalar spirallashib
yo‘g‘onlashib kaltalashadi. So‘ngra gomologik xromosomalar bir-biriga 
yaqinlashib yonma-yon joylashadi hamda xromatidalar tetradasini hosil qiladi.
Bu jarayon 
konyugatsiya
deb ataladi. Gomologik xromosomalarning o‘zaro 
o‘xshash qismlarining chalkashuvi oqibatida xromatidalarning ayrim qismlari 
almashishlari mumkin. Bu 
krossingover
hodisasi deyiladi (31-rasm). 
Qayd etilgan jarayonlardan tashqari profaza I da yadro qobig‘i parchalanadi, 
yadrochalar yo‘qoladi. Sentriolalar ikki qutbga yo‘naladi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin