O‘simliklarning mineral oziqlanishi. Yashil o‘simliklar organizmidagi
hayotiy jarayonlar uchun nafaqat uglevodlar, balki oqsillar, lipidlar, nuklein
kislotalar, viraminlar, fi togormonlar ham zarur. Bu moddalar tarkibiga uglerod,
vodorod, kisloroddan tashqari azot, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlar
ham kiradi. Bu elementlar o‘simliklar tomonidan mineral moddalar: sulfatlar,
nitratlar, fosfatlar ko‘rinishida qabul qilinadi. O‘simliklar suvda erigan mineral
moddalarni tuproqdan shimib oladi.
Hayvonlarning mineral oziqlanishi. Geterotrof organizmlarda kechadigan
plastik jarayonlar, to‘qimalarning yangilanishi ko‘p jihatdan mineral
moddalarga ham bog‘liq. Masalan,
Ca tuzlari suyak, qon, tish dentini tarkibiga
kiradi, qonning ivishi, muskullar qisqarishini ta’minlaydi. Nerv impulslarini
o‘tkazishda ishtirok etadi va hujayraning osmotik bosimini ta’minlaydi. Fosfor
nuklein kislotalar, ATF, fermentlar, suyak to‘qimasi tarkibiga kiradi, temir
elementi gemoglobin, mioglobin oqsillari tarkibida O
2
tashilishini ta’minlaydi.
Ftor tish emali tarkibiga kiradi.
Tayanch so‘zlar: avtotrof, xemotrof, fototrof, geterotrof, parazit, golozoy.
Savol va topshiriqlar: 1. Qanday organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi?
2. Fototrof va xemotrof organizmlarga ta’rif bering.
3. Geterotrof organizmlar deganda qanday organizmlarni tushunasiz va ularning
qanday xillari mavjud?
4. Avtotrof va geterotrof organizmlarning o‘zaro munosabatini izohlang.
5. Avtotrof, geterotrof organizmlarning ahamiyatini izohlang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq : Avval o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida
organizmlarni mos ravishda jadvalga yozing.
Saprofi t
Parazit
Fototrof
Xemotrof
3 – Biologiya 10