67
Oddiy
binar bo‘linish
prokariot
organizmlarda
kuzatiladi. Prokariot hujayraning halqasimon DNK-
si replikatsiyalanadi, hujayra o‘rtasida to‘siq
hosil
bo‘lib, hujayra ikkiga bo‘linadi (35-rasm). Bir
hujayrali sodda hayvonlardan amyoba, evglena,
infuzoriya kabi hayvonlarning binar bo‘linishi mitoz
jarayoniga asoslangan.
Bezgak paraziti hayot siklida
shizogoniya
– ko‘p
bo‘linish sodir bo‘ladi.
Hujayra yadrosi bir necha
marta mitoz bo‘linib, yosh hujayralarni hosil qiladi.
Xlorella,
xlamidomonada
kabi
suvo‘tlari,
zamburug‘lar
sporalar orqali
ko‘payadi. Sporalar
mitoz usulida hosil bo‘ladigan
gaploid hujayralar
bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi.
Infuzoriya tufelkaning binar bo‘linishi
Achitqi zamburug‘ining kurtaklanib ko‘payishi
Xlamidomonadaning sporalar orqali
ko‘payishi
Bezgak parazitining
eritrotsit hujayrasida
ko‘payishi
Dostları ilə paylaş: