Biolog 10 indd


-rasm. Bir hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi. Kurtaklanib ko‘payish



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

36-rasm.
Bir hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
Kurtaklanib ko‘payish
mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, 
achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma 
paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi (36-rasm).
Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi.
Fragmentatsiya –
tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya 
jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak 
tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi.
35-rasm.
Bakteriya 
hujayrasining bo‘linishi.





68
Kurtaklanib
ko‘payish
g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali 
chuvalchanglarda kuzatiladi.
Zamburug‘lar (qalpoqchali zamburug‘lar), suvo‘tlar, yo‘sinlar, qirq-
quloqlar, qirqbo‘g‘imlar 
sporalari orqali ko‘payish 
xususiyatiga ega. Yengil 
sporalar o‘simliklarni tabiatda keng tarqalishiga imkon beradi.
Gidroid polipning kurtaklanishi 
Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar
Oq planariyaning tana bo‘laklari 
orqali ko‘payishi
Zamburug‘ning sporadan ko‘payishi
37-rasm.
Ko‘p hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk 
rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan 
yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa 
poliembrioniya
deyiladi. Odamlarda bir 
tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir.
Tabiatda o‘simliklarning vegetativ organlari – ildizi, poyasi va bargi orqali 
vegetativ ko‘payishi
keng tarqalgan (37-rasm).


69

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin